Get Mystery Box with random crypto!

#MULOHAZA • 2 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, maxsus taglikd | PSIXOLOGIK TEST

#MULOHAZA

• 2 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, maxsus taglikdan chiqib toza yurishini boshlaganingizdir.

• 3 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, qoshiqni qanday ushlash kerakligini oʻrganib, oqizmay - tomizmay ovqat yeya olishingizdir.

• 4 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, kiyimlaringizni hoʻl qilib qoʻymasligingizdir.

• 5 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, uyingiz manzilini toʻgʻri topib kela olishingizdir.

• 12 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, doʻst - oshnali boʻlishingizdir.

• 18 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, moshina boshqarishga ruxsatnoma olishingizdir.

• 23 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, oliygohni tamomlashingizdir.

• 25 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, biror bir ishning boshini ushlashingizdir.

• 30 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, oila qurgan boʻlishingizdir.

• 45 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, yoshlik koʻrinishingizni saqlab qola olishingizdir.

• 50 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, farzandlaringizga bergan tarbiyangiz oʻz samarasini berishidir.

• 55 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, oilaviy munosabatdagi vazifalaringizga qodir boʻlishda davom etayotganingizdir.

• 60 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, ulov haydashga qiynalmay, yordamsiz oʻzingiz boshqarishingizdir.

• 65 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, kasal boʻlmay yashashingizdir.

• 70 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, farzandlarga qaram boʻlish nima ekanligini sezmasligingizdir..

• 75 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, ulfatingiz, hamsuhbat, oshnali boʻlishingizdir.

• 80 yosh.. Bu yoshdagi yutugʻingiz, adashmasdan uyingizni topib kelishingizdir..

• 85 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, yotgan joyingiz, kiyimlaringizni hoʻllab qoʻymasligingizdir..

• 90 yosh... Bu yoshdagi yutugʻingiz, tagliksiz pokiza oʻtirishingiz, qoshiqni toʻgʻri ushlab oqizmay -tomizmay ovqatlana olishingizdir!

«Avval qanday yaratgan boʻlsak, shunday holga qaytaramiz». (Anbiyo: 104 oyat).

«Kimning umrini uzoq qilsak, uni xilqatida nochor qilib qoʻyurmiz» (Yosin: 68 oyat)

Biz sevgan dunyo shu qadar haqir! Shuning uchun ham oxirat hayotimiz goʻzal boʻlishiga intilmogʻimiz lozim. Zero, haqiqiy yutuq oxiratdagisidir.


Ummu Abdulloh tarjimasi

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali