Get Mystery Box with random crypto!

#FAKT Sevgi odamni o'zgartiradimi ?! Ha o'zgartiradi (3-qi | PSIXOLOGIK TEST

#FAKT

Sevgi odamni o'zgartiradimi ?! Ha o'zgartiradi (3-qism)

Ko'pchilik 3 qismni so'rab yozishibdi shu sabab 3 - qismini chiqarmoqdaman.

QIZLAR UCHUN HAM YANA ALOHIDA 5 SABAB:


1. Super pazanda qiladi: antiqa taomlar pishirishga undaydi. Faqat bir kamchiligi bor, ovqat sho'r yoki tuzi past bo'ladi. Oshning guruchi esa yo tirik, yo lanj bo'lib qoladi.
2. Kayfiyatini juda tez o'zgartira oladi: bir kuladi, bir yig'laydi. Atrofdagilar tushunolmay hayron. Sumkachasida doim ro'molchalar zapasi yuradi. Albatta yigitning dastro'moli ham. Uyda yuvib, dazmollab, o'z atiridan sepib qaytarib berish uchun.
3. Fotomodelga aylantiradi: agar ilgari ikkita ko'ylakdan bittasini tanlashga qiynalgan bo'lsa endi 20 ta libos ichidan ham tanlay olmaydi.
4. Juda quvnoq qiladi: ilgari boshqalardan eshitsa ensasi qotadigan hazillarni sevganidan eshitsa mazza qilib kuladi, hattoki kulguli bo'lmasa ham.
5. Bir o'zi yurganida yuzida baxtli tabassum paydo bo'ladi: ko'pincha kelin liboslariga va chaqaloqlarga qaraganida shirin orzular qiladi...

Albatta, sevgi odamni o'zgartirishi sabablari bundan ham ko'p. Ichida yaxshilari bo'lganidek, yomonlari ham bor. Har kim o'ziga yaqinini tanlaydi. Lekin shuni unutmaslik kerakki – sevgan insoniga halollik bilan etishish yo'lini tutganlar xato qilmaydilar va oxir-oqibat baxtli bo'ladilar...

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali