Get Mystery Box with random crypto!

#USUL ​​ Qanday qilib his tuygʻular haqila toʻgʻri gapirish | PSIXOLOGIK TEST

#USUL

​​ Qanday qilib his tuygʻular haqila toʻgʻri gapirish kerak?

Baʼzan shunday munosabatlar boʻladiki, siz sherigingizga his-tuygʻularingiz haqida ochiq oydin gapira olmaysiz yoki bu haqda gaplashayotganda bir-biringizni eshitmaysiz. Toʻgʻrimi?

Siz va sherikingiz oʻrtasida koʻprik oʻrnatishga yordam beradigan quydagi maslahatlarni tanladik:

1. Soʻzlardan foydalaning!

Ha, siz buni toʻgʻri eshitdingiz. Oʻz his-tuygʻularingiz haqida gapirishni oʻrganing. Agar siz buni oʻzingiz qilmasangiz, unda hech kim sizning qalbingizga kirmaydi va hamma narsani tortib olmaydi.

2. Gapirganda noaniq yoki “tashxis” qoʻyib gapirmang.

Juftingizga bitta gapni umumlashtirib,takrorlayversangiz, lekin aniq koʻrsatmasangiz, siz uni adashtirasiz, natijada yechim topilmaydi. “Siz hamma narsada adashasiz“, “Siz doim shunday qilasiz.“ “Meni tushunmaysiz” kabi ayblovlar samarasiz.
Aniq nimani yoqtirmaysiz shuni toʻgʻri va ochiq gapiring.

3. Agar juftingizdan xatolik oʻtgan boʻlsa, donoroq boʻling, uni ayblamang.

Maqsadingiz jahldan chiqish, ayblash emas, balki oʻz his-tuygʻularingiz haqida gapirish va yana oʻsha holatning takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslikdir. “U qanchalik yomon ish qilgani“ haqida emas, oʻzingizni qanday his qilganingiz va nima yechim xohlayotganingiz haqida gapiring. Shunday qilib u sizning holatingizni yaxshiroq bilib oladi.

4.Holatingizni bildirish uchun oʻz iboralaringizni oʻylab toping.

Bu oʻyindagi kabi begʻubor boʻlsin. Masalan, sizga biron bir narsa yoqsa: “Yuragimda quyosh porlayapti“, va hamma narsa rejadagidek ketmasa: “Yuragimdagi quyosh avvalgidek porlamayapti“. Ushbu iboralar tajovuzkorlik yoki norozilikni keltirib chiqarmaydi, ammo ular fikrni osongina yetkazishlari mumkin.

Unutmang, siz qancha ayblasangiz, vaziyat shuncha ogʻirlashadi. Yosh bolalardek faqat oʻz xohish istaklaringiz haqida oʻylab talab qilavermang, yoningizdagi insonga yaxshiroq nazar soling,ishonch bildiring uning ham qalbini hisobga olib, eshitishni biladigan oqila ayolga aylaning.Zero oʻzini sevgan, hurmat qilgan ayol yorini ham sevib, ardoqlay oladi.

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali