Get Mystery Box with random crypto!

​​#TURMUSH Yangi turmush qurmoqchi bo'lgan qizlar qiladigan | PSIXOLOGIK TEST

​​#TURMUSH

Yangi turmush qurmoqchi bo'lgan qizlar qiladigan 2 ta xato

Birinchi xato: aksariyat qizlar va ayollar erkaklardan asossiz ravishda (balki asoslidir) qo'rqishadi. Ular atroflarida yurgan yigitlar va erkaklarni o'zlarining tengi deb bilishmaydi. Ulardan o'zlarini olib qochishadi. Ko'chada, ishda, o'qishda biror gap bilan murojaat qilgan erkakdan qo'rqib ketishadi. Salgina e'tiborni o'zlariga nisbatan haqorat, deb ham bilishadi. «Sen meni kim deb o'ylayapsan?!»

Bo'ldi. Ora ochiq, hech qanday yomonlikni o'ylamagan yigitning hafsalasi pir bo'lib, yo'liga ravona bo'ladi.

"Ayol erkaklar bilan muloqotga kirishganda o'zi aytishni xohlagan gaplar va fikrlarni emas, undan nimani eshitishni istayotganini bilishi, ularga ana shu tansiq munosabatni hamisha hadya qilmoqqa shay turishi kerak”.

Ikkinchi xato: unga atrofda yurganlar munosib emas. Hali uni oq ot mingan (oq rangli eng so'nggi rusumdagi mashina) shahzoda izlab keladi. Yon-atrofdagilar qizning ortidan erinmay bir yil yuradi. Uning nozu firoqlari, yerga urishlari, haqoratlovchi shubhalaridan, gumonlari va ayblovlaridan xafa bo'lmaydi.Ammo bor-yo'g'i endi yigirmani yoki yigirma beshni qoralagan oshiq yigit unaqa po'rim mashinani qaysi puliga olsinu, minib kelsin?! Uning o'qishni bitirib olishga yoki haydovchilik guvohnomasini olishga puli yo'g'-u!.. Shu ko'yi bu yigitning qorasi o'chadi.

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali