Get Mystery Box with random crypto!

#TURMUSH Ayol eridan nima istaydi ? Erkaklarga tavsiyalar ( | PSIXOLOGIK TEST

#TURMUSH

Ayol eridan nima istaydi ? Erkaklarga tavsiyalar ( 1 - qism)

1. Bir-biringizdan nima istashingiz ayon bo‘lsin

Ayollar bor, eriga onadek g‘amxo‘r, ayollar bor, o‘la-o‘lguncha yosh boladek erka, ayollar bor, eriga xuddi do‘st-o‘rtoqdek va yana ayollar borki, Farmonbibidek hukmfarmo. Xullas, biz rossa har xilmiz. Siz yoningizda kimni ko‘rishni istaysiz? Qaysi turdagi ayol bilan bir umr hayot kechirishga tayyorsiz? Ana shu savollarga javobingiz bo‘lishi kerak. Avval boshdanoq, bir-biringizdan nima kutayotganingizni bilsangiz, tushunmovchiliklarning oldi olinadi. Oilaviy ziddiyatlarning aksari juftlar bir-biridan kutganlari oqlanmagani tufayli yuzaga keladi. Hafsala pir bo‘lganidan yomoni yo‘q. Shu sababli bo‘lajak juftingiz bilan kelajak haqida samimiy suhbatlashib oling.

2. Qarorni siz qabul qiling!

Erkak kishi aniq-ravshan fikrlaydi, mas’uliyatni zimmasiga ola biladi, jur’atli va irodali. Ayollar tuyg‘ular ta’sirida xayollarining ming ko‘chasiga kirib chiqquncha erkak bir qarorga keladi-qo‘yadi. Albatta, uning qarori muhokama qilinmaydi, aytdimi, tamom, bajariladi degani emas bu. Shunchaki, ayollar uzoq o‘ylanib, cho‘zilib o‘tiradigan erkaklarni yoqtirishmaydi.

Tavsiya etilmaydi:
- Dadasi, bugun biron joyga borib, ovqatlanaylik.
- Farqi yo‘q... Bugun majlisdan keyin qayoqqa istasang olib boraman, nimani aytsang olib beraman.

Tavsiya etiladi:
- Dadasi, bugun biron joyga borib, ovqatlanaylik.
- Jon deyman. Aytgancha, bir yangi restoranni bilaman, do‘stlarim maqtashgandi, o‘sha yoqqa olib boraman seni

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali