Get Mystery Box with random crypto!

​​#MOTIVATION_TIME Maqsadingizdan to‘sib turgan to‘siqni bila | PSIXOLOGIK TEST

​​#MOTIVATION_TIME

Maqsadingizdan to‘sib turgan to‘siqni bilasizmi?

Ko‘plab maqsadlaringiz bor edi, ammo ularning faqatgina bir qismiga erishdingiz yoki hech biriga erisha olmadingiz. «Bo‘ldi, yetar!», dedingiz-u o‘zingizga men buni albatta amalga oshiraman deb va'da berdingiz. Ammo afsuski va'dangiz ustidan chiqa olmadingiz. Shu sabab o‘zingizga bo‘lgan ishonch ham pasaydi.

Sizda shunday holat ro‘y berganmi?

Bunday vaziyatlarda sizning va'dalaringiz ahamiyatsiz, harakatlaringiz esa samarasiz. Qachonki, o‘z standartlaringizni ko‘tarmas ekansiz! Maqsadlar amalga oshmasligi mumkin, biroq standartlaringiz doim amalga oshadi!

Xo‘sh, unda standartlar o‘zi nima?

Biz o’zimizni kim deb ishonsak shunga mos hayot kechiramiz. Masalan, o’z tanangizga, tashqi ko’rinishingizga qarang. Sizning jismoniy tanangizning bugungi ko’rinishi – bu bir narsani o’zida mutloq aks ettiradi. U sizning maqsadlaringizni emas, istaklaringizni emas, balki sizning standartlaringizni ko’rsatib turuvchi ko’zgudir. O’zingizni qanday shaxs deb hisoblashingizni ko’rsatib turuvchi ko’zgu.

Agar siz standartlaringizga ko’ra o’zingizni atlet deb hisoblasangiz, u holda sizning tanangizda doimo tayyor turgan kuch va energiya bor. Chunki siz, kim bo’lsangiz o’shasiz. Va siz, o’zingizni bu holatda ushlab turish uchun nima kerak bo’lsa, hammasini qilasiz!

Ulkan maqsadlarga erishish uchun avvalo standartlaringizni (o’zingizni qanday shaxs deb hisoblashingizni) ko‘taring.

Qaytaman, siz kim bo’lsangiz o’shasiz va siz, o’zingizni bu holatda ushlab turish uchun nima kerak bo’lsa, hammasini qilasiz!


@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali