Get Mystery Box with random crypto!

#Mulohaza Qarilik chogʻingizda quyidagi narsalardan qattiq af | PSIXOLOGIK TEST

#Mulohaza

Qarilik chogʻingizda quyidagi narsalardan qattiq afsus chekasiz

Televizor qarshisida juda koʻp vaqtingizni oʻtkazganingizdan, oxiri yoʻq seriallar va dasturlarni tomosha qilganingizdan qattiq afsuslanasiz

•┈┈•❈••✾••❈•┈┈•

Hayotni asl goʻzalligidan bahra olmay, shoshqaloqlik bilan umr kechirganingizdan afsus chekasiz

•┈┈•❈••✾••❈•┈┈•

Umringiz mobaynida kam kulib, haddan tashqari jiddiy boʻlganingizdan afsuslanasiz

•┈┈•❈••✾••❈•┈┈•

Oʻzingizga yetarlicha baxo bermaganingizdan, koʻplab ishlarga jurʼat eta olmaganingizdan afsus chekasiz

•┈┈•❈••✾••❈•┈┈•

Hayotingiz mobaynida juda ham koʻp qoʻrqqaningizdan afsuslanasiz

•┈┈•❈••✾••❈•┈┈•

Oʻz ota-onangiz qadriga yetmaganingizdan, ular bilan kam vaqt oʻtkazganingizdan qattiq afsus chekasiz

•┈┈•❈••✾••❈•┈┈•

Baxtli boʻlishga harakat qilish oʻrniga, oʻzingizni baxtli qilib koʻrsatishga behuda uringaningizdan afsus chekasiz

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali