Get Mystery Box with random crypto!

Ota-ona fazilatlari Ona fazilati Onang seni to‘qqiz oy qo | PSIXOLOGIK TEST

Ota-ona fazilatlari

Ona fazilati

Onang seni to‘qqiz oy qornida ko‘tarib, shu vaqt orasida ko‘p og‘riq va qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan.

U sening jisming va kiyimlaringning tozaligiga e’tibor berar edi. Seni emizganda tepangda uzun tunlarni bedor o‘tkazar edi.

U senga qanday yeyish, ichish, yurish va o‘ynashni o‘rgatgan, sen o‘shanda bularning birontasiga kuchi yetmaydigan bir ojiz bola eding. Senga og‘riq bergan narsa uni og‘ritar edi, seni xursand qilgan narsa uni xursand qilar edi. Demak, sen onang bilan bir butun tanasan.

Ota fazilati

Otang har kuni ko‘chaga chiqib, qiynalib mehnat qilib, senga kerakli taom, kiyim, o‘yinchoq va boshqa narsalarni sotib olib kelar edi.

Sen ulg‘aygach, u seni maktabga yubordi. Ta’lim olishing uchun pul topib, sarfladi, seni odam bo‘lsin, katta bo‘lganida qiynalmasin, deb iztirob chekdi.

Agar kasal bo‘lsang, seni davolash uchun doktorga olib borib, sog‘ayishing uchun dori-darmon olib kelar edi. Demak, otang sen uchun tayanchdir.

Ziyovuddin Rahimning "Bola - odobi bilan aziz" kitobidan

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali