Get Mystery Box with random crypto!

Charli Chaplin hikmatlaridan Hayotdagi eng qayg‘uli hol – has | PSIXOLOGIK TEST

Charli Chaplin hikmatlaridan

Hayotdagi eng qayg‘uli hol – hashamatga o‘rganib qolishdir.

Sevilmaganlargina nafratlanadilar.

Hech qachon bola bo‘lmaganlar katta ham bo‘lmaydilar.

Hamma gap samimiyatda. Chol banan po‘chog‘iga sirpanib yiqilib tushdi – bunga kulmaymiz. Lekin bu holat takabbur va boy jentelmen bilan sodir bo‘lsa, miriqib xoxolaymiz.

Mening og‘rig‘im kimningdir kulgisiga sabab bo‘lishi mumkin, lekin mening kulgim kimningdir og‘rig‘iga sabab bo‘lmasligi kerak.

Oyna – mening eng yaxshi do‘stim. Chunki yig‘lagan paytim u hech qachon kulmaydi.

Fikrlash qobiliyati skripka yoki royal chalishga o‘xshaydi. U bilan har kuni shug‘ullanib turish kerak.


@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali