Get Mystery Box with random crypto!

​​ Ovqatlanish ratsionida tovuq tuxumlarining borligi yurak-q | PSIXOLOGIK TEST

​​ Ovqatlanish ratsionida tovuq tuxumlarining borligi yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishiga qay darajada taʼsir qiladi?

Garvard universiteti Jamoatchilik salomatligi maktabi mutaxassislari ushbu savolga aniqlik kiritishdi.

Ular 34 yil davomida avvaliga jiddiy surunkali kasallikka uchramagan 200 mingdan ortiq koʻngilliga oid maʼlumotlarni tahlil qilishdi.

Tajriba yakunida aniqlandiki, bir kunda bir dona tuxum isteʼmol qilish hech qanaqasiga infarkt, insult va yurakning ishemik kasalliklari xavfini oshirish bilan bogʻliq emas ekan. Boz ustiga, nonushtada ikkitadan tuxum yeyish zarar qilmaydi. Faqat buni haftasiga uch-toʻrt marotabadan koʻpaytirish kerak emas.

Oʻz navbatida 2 tip qandli diabeti bilan ogʻriydigan insonlarga tuxumni kamroq isteʼmol qilish tavsiya etildi

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali