Get Mystery Box with random crypto!

PSIXOLOGIYA DUNYOSIDA 🧠🌏

Telegram kanalining logotibi psixologiya_dunyosida — PSIXOLOGIYA DUNYOSIDA 🧠🌏 P
Telegram kanalining logotibi psixologiya_dunyosida — PSIXOLOGIYA DUNYOSIDA 🧠🌏
Kanal manzili: @psixologiya_dunyosida
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.25K
Kanalning ta’rifi

O'zMU 🎓 Jamoliddinova Nilufar
Falsafani orzu qiluvchi psixologiya talabasi 🪐
Bu kanal psixologiya va unga aloqador barcha narsalarga bag'ishlangan.
Reklama uchun @psixolog_kundaligibot
@psixologiya_b muhokama uchun

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-09-18 18:50:48
Inson hayoti davomida qoʻl choʻzsa tutolmaydigan yaqinlari boʻlarkan. Yoniga borolmaysan, koʻzlariga qarolmaysan, quchoqlarin taftini his etolmaysan, erkaliklar qilaolmaysan, eng alamlisi sogʻingan mahal oldiga borolmaysan...

Balkim hayotning maʼnosi ham shundadir. Baʼzi narsalar yiroq boʻlganda goʻzal boʻlganidek, bazi yaqinlar ham shundaydir...
Lekin oson emas...
Baʼzi narsalar yoʻqligida goʻzaldir( balki insonlar ham)

Boriga va bariga shukur

PSIXOLOG KUNDALIGI
2.7K viewsNilufar, 15:50
Ochish/sharhlash
2022-09-18 18:50:44
Hayot qanchalik ayanchli koʻrinmasin sen qila oladigan va muvaffaqiyat qozona oladigan nimadir bor. Toki tirik ekanmiz, umid bor!

PSIXOLOG KUNDALIGI
2.6K viewsNilufar, 15:50
Ochish/sharhlash
2022-09-18 18:50:43
shunchaki tasavvur qiling qayerdadir uzoqda
bir kishi o'tiribdi. Joynamoz ustida siz uchun ibodat qilmoqda.
Sizga aytmasdan
chin dildan, fidokorona. Faqat siz u uchun muhim bo'lganingiz uchun yoki
Sizning aldanganingiz tufayli,
Alloh taolodan sizni to'g'ri yo'lga hidoyat qilishini so'rayapti,
yoki ehtimol u sizdan unga yordam berishingizni so'rayotgandir bu ajoyib emasmi?

PSIXOLOG KUNDALIGI
2.6K viewsNilufar, 15:50
Ochish/sharhlash
2022-09-12 16:30:20 Hozir kamentlani o’qib yana bitta narsa esimga tushib qoldi. Eng yaxshi ko’rgan narsez bilan sinalasiz dib. Manda shunaqa bo’gan juda tushkunlikka tushib qoganman. Eng yaqin insonim bittagina gap bilan ovutgan. Shu gapni sila bilan bo’lishmoqchiman.
“Nilufar qaren qo’lizda ayfon qancha holasez shuncha narsa yuklisiz qotmasligini ko’tarolishini bilasiz. Mana qo’limda samsung bu ko’taromasligini bilganim uchun ko’p narsa yuklamiman. Siz kuchli qizsiz, irodez kuchli shunichun sizga sinov ko’p kevotti chunki siz bulani ko’tarolisiz. Alloh siz ko’taromidigan tashvish bermiydi, siz ko’tarolishizi biladi. Shunichunam hursan bo’lin Alloh suygan bandekansiz “ eng kereli paytda eng kereli gap bo’gan. Rahmat shu insonga. (Bilaman kanalimda bor ) Silagayam shu gap Alloh suygan bandasiga sinov berarkan.
4.4K viewsNilufar, 13:30
Ochish/sharhlash
2022-09-12 16:16:32 Yaqinda to’yi bo’gan kursdoshimmi uyiga bordim. Baxt haqida gap ketdi. Nilufar Alloh kimgadir nimanidir bersa nimanidir oladi. Man moddiyat bilan sinasin mani diyman. Chunki mol dunyo yo’q bo’sa chidoliysan. Lekin sevganin kasal bo’sa, xiyonat qisa, bolali bo’lomasen, oilen notinch bo’sa bunaqa sinovlaga chidash qiyin. Allohdan shunichun yaqinlarim bilan sinama dib so’riyman didi. Baxtni pulda dib o’ylamaslik kereligiga yana bir martta amin bo’ldim. Silayam baxtni pulda dib o’ylamisilami. Unda hamma pulilani manga bervorishila mumkin (Albatta hazil) Allohim hich qaysi birimizani yaqinlarimiz bilan sinamasin
3.8K viewsNilufar, 13:16
Ochish/sharhlash
2022-09-12 16:07:51 Hozir yozgan gaplarim juda qiziq mavzumas. Shunchaki kimgadir manfaati tegar dib yozvoman. Yig’lab o’tirgandim onam kirib so’radila nima bo’ldi dib. Ona nega bunaqa omadsizman? Universitetdan stipendiyam kuydi, ishxonamda gap eshitdim lekin aybim yo’g’idi, ingliz tilidan kam test yechdim lekin javoblarini bilardim, telefonimmi kreditiga ertaga 110$ to’lashim kere lekin pulimni o’g’irlatib qo’ydim, zagran pasportim tayyor bo’miy qoldi siz bilan ketomadim, instagramimdayam aktivim tushdi hich nima qo’limdan kemayapti dunyodagi eng baxtsiz qizman didim. Onam bo’sala qizim noshkur bo’ma universitetda stipendiyen kuygan bo’sa odamla stipendiya umrida omaganla qancha. Qancha odam orzu qiladigan universitetda grandda o’qiysan, ingliz tilidan kam test yechgan bo’sen nega hafa bo’lasan odamla uchunmas o’zin uchun o’qiysan javoblarini bilardin o’zin bilsen yetadi, IELST topshirvotganda uddalasen bo’ldiku, 110$ uchun yig’lavotgan bo’sen kiyishga kiymin, yashashga uyin, yiyishga ovqatin bor, sog’lomsan bitta ayfon uchun shuncha yonvossanmi man beraman bu oyni kreditini, zagran pasport bo’magan paytda chetga qancha chiqqansan odamla Uzbekistondan chiqmagan, instagramni dib siqilsen keyin yana ko’tarvolasan zo’r ijod qilib odamla orzu qiladigan hayotda yashavossan noshkur bo’ma Alhamdulillah digin boshingga nima kesa didila. Alhumdulillah diyishim bilan oyligim tushdi Onam ko’rdinmi shukrda gap ko’p didila. O’ylab ko’rila hayotilada yomon ko’ringan ko’p narsala kimlanidir orzusi. Moshinela bizilib qoldimi? odamla avtobusda siqilib ketadi shukr qilila, bugunam uyda moshxordikanmi? Odamla ochlikdan o’lib ketvoti. Brend kiymiz yirtildimi? Odamlani kiyishga kiymi yo’q. Uyilada basseyn yo’qmi? Odamlani uyi yo’q. Doimam o’zimizdan balandlaga qaravurmi pasgayam qarilik.
Birni ko’rib fikr. Birni ko’rib shukr qilish kerekan.

(Bugun postni o’zimmi shevamda yozdim onam bilan suxbatim boricha chiqishi uchun )
3.7K viewsNilufar, edited  13:07
Ochish/sharhlash
2022-09-10 10:39:09 Omadsizlik deganda siz nimani tushunasiz?

Siz kutgan narsa amalga oshmaganini – shundaymi? Xo‘sh, siz kutgan narsa eng to‘g‘ri yo‘l ekanini sizga kim aytdi? Albatta, aqlingiz – har doim rejalar tuzadigan va shu rejalarni ro‘yobga chiqarishga zo‘r berib harakat qiladigan aynan u.

Bir odam uzoq mamlakatga rasmiy uchrashuvga bormoqchi bo‘libdi. Agar uchrashuv yaxshi o‘tsa, u juda daromadli shartnoma tuzishiga ko‘zi yetib, darhol samolyotga chipta olibdi. Ammo aeroportga borayotganida avtomashinasi buzilib qolib, reysga kech qolibdi. Bundan u juda xafa bo‘libdi. Yo‘q, chiptaga sarflagan puliga achinmabdi, chunki yetarlicha badavlat ekan. U omad keltirishi mumkin bo‘lgan rasmiy uchrashuvga bora olmaganidan afsuslanibdi. Taqdirga tan berib, uyiga qaytib ketibdi.

Ertasiga tonggi yangiliklar dasturida u uchmoqchi bo‘lgan samolyot okeanga qulab, undagi hamma yo‘lovchilar halok bo‘lgani haqidagi xabarni eshitibdi…

Siz reja qilgan narsa amalga oshmay qolsa – bu sizni Tangri bir narsadan asrab qoldi degani. Ammo aqlingiz o‘z rejalariga erisha olmasa, bezovtalanib qoladi va sizni afsuslanishga majbur qiladi. Hattoki, siz sevgan odam bilan hayot yo‘lingiz birlashmay qolsa ham – bu sizning foydangizga sodir bo‘ladi. O‘sha odam bilan siz kutgan baxt kelmasligi, qaytanga u bilan hayotingiz borib-borib azobga aylanishi ehtimoldan holi emas. Siz istagan insoningizga erisha olmadingizmi – demak, sizni yana-da baxtli qiladigan boshqa inson bor va siz uni taniysiz yoki endi tanishasiz.

Dunyo bizning tashvishimizni qilishdan charchamaydi. Uning yagona maqsadi – sizga siz istagan narsalarni berish. Biroq aqlimiz o‘z qaysarligi bilan unga xalal berib turadi.

Xalqimizning “shoshilgan qiz – erga yolchimas” degan dono gapi bor. Bunda turmush o‘rtoq topish tadbirini o‘ta muhim qo‘yib yuborgan odam – bu istagiga erisha olmasligi nazarda tutilgan. Zamonamizda bu maqol taxminan quyidagicha qilib aytilishi mumkin: “qizini turmushga berishga shoshilgan ota-onaning qizi ersiz qoladi”. Albatta, bu juda kulgili eshitiladi. Ammo, afsuski, atrofimizda aynan ana shunday holatlar juda ko‘p uchrayapti.

Shoshqaloqlik – tashqi muhimlik belgisi. Shoshilgan odam ruhiy noturg‘un va notabiiy holatda bo‘ladi. Bu narsa tashqi xatti-harakatlarda ham namoyon bo‘ladi – odam bir joyda tura olmay qoladi, ko‘zi har tomonga qaraydi, tishini tishiga bosadi va hokazo. Muhimlik – sizning faqat ruhiy emas, balki kuchli jismoniy zo‘riqishingizga ham sabab bo‘ladi.

Injiqlik, talabchanlik, qattiqqo‘llik, qaysarlik kabi holatlar ham kishi nimagadir o‘ta katta ahamiyat berib yuborayotganidan dalolat. Bunga nikoh to‘yi bo‘layotgan qizga to‘y libosi ham, dasturxondagi noz-ne’matlar ham, bazm zalining bezatilishi ham yoqmay qolgan holati misol bo‘lishi mumkin. U hammasi bekam, dabdabali, esda qoladigan bo‘lishini shu darajada qattiq istaydiki, o‘z injiqligi bilan hammaning ko‘nglini buzadi. Agar kelin bo‘lmish muhimlikni haddan tashqari oshirib yuborsa, u o‘z to‘yini o‘zi buzib qo‘yishi tayin. Bunday to‘y rostdan ham unutilmas bo‘ladi – uni hamma anchagacha masxara bilan esga olib yuradi.

Erkaklar o‘z avtomobillarini o‘ta yaxshi ko‘rishlari – tashqi muhimlik tuyg‘usiga yana bir kulgili misol. Ba’zilar o‘z “temir tulpor”larini shu darajada ehtiyotlaydilarki, Xudo ko‘rsatmasin, biror yerini bilmay chizib qo‘ying – naqd baloga qolasiz. Eng qizig‘i, ba’zi avtosevarlar o‘ta ehtiyotkor bo‘lganidan avtomobilini biror joyga o‘zlari urib oladi.

Hammamiz Ergash Karimov qoyilmaqom qilib rol o‘ynagan kichik miniatyuralarni ko‘rganmiz. Ularning birida aktyor Paxtakor futbol jamoasining ishqibozi rolini o‘ynaydi. Esladingizmi? Paxtakor yutgan kuni – dunyo gulzor. Xudo urib, Paxtakor yutqazib qo‘ysa – oila boshlig‘i ichiga shayton kirib oladi. Uning oila a’zolariga bo‘lgan munosabati uning shaxsiy hayotiga hech bir aloqasi bo‘lmagan futbol o‘yiniga bog‘liq. O‘z ishqibozligini hamma narsadan muhimroq hisoblagani uchun, lavha qahramoni alamidan qutula olmay, rahmatlik onasidan qolgan toshoynagacha hamla qilishga tayyor bo‘lib qoladi.
3.8K viewsNilufar, 07:39
Ochish/sharhlash
2022-09-02 18:29:41 Nega u meni tushunmaydi?

Sevgi turli tillarda gapiradi. Sevgingiz qaysi tilda gapiradi? Va sevgilingizning sevgisichi?

Biz hammamiz sevgimizni turli yo'llar bilan namoyon qilamiz va amerikalik psixolog Garri Chapman bu yo'llarni "sevgi tili" deb atagan.

Teginish. Ular orqali siz o'z his-tuyg'ularingizning ko'plab soyalarini ifodalashingiz mumkin: muloyimlik, g'amxo'rlik, mehrdan ehtirosli istakgacha - va kimdir uchun bu sevgini his qilishning yagona yo'li. Biroq agar siz munosabatlarda jinsiy aloqada bo'lsangiz, unda sizning sevgi tilingiz teginish degani emas. Bu sevgi tili ancha kengroq va boyroqdir.

Sovg’alar. Agar siz berishni yaxshi ko'rsangiz, sovg'alar ushbu ta'rifga eng mos keladi. Sovg'a - bu sevgining ko'rinadigan timsolidir. Siz uni sotib olishingiz, o'z qo'llaringiz bilan qilishingiz mumkin, bu jarayonda siz odam haqida o'ylashingiz va uni yoqtirishingiz mumkin bo'lgan narsani tanlashingiz juda muhimdir.

Maqtov, qo'llab-quvvatlash va tasdiqlash so'zlari. Ko'p odamlar uchun og'zaki darajada o'z ehtiyojlari va ahamiyatini tasdiqlash juda muhimdir.

Vaqt. Eng qimmatli manba, biz uni boshqa odamga sovg'a qilsak, shu bilan birga hayotimizning bir qismini, o'zimizni ham beramiz.

Xizmat ko'rsatish aktlari. Yordam berish - bu boshqa odam uchun biror narsa qilish, o'z g'amxo'rligini amalda ifodalash. Yordam vaqt va kuch talab etadi. Agar sherigingizga yordam berishdan xursand bo'lsangiz, sevgingizni izhor etasiz.

Bir-biringizni so'rash, muzokaralar olib borish va tushunish uchun o'z tilingizni va sherigingiz tilini bilish muhimdir. Misol uchun, agar siz uchun sevgining namoyon bo'lishi doimiy tana aloqasi bo'lsa va sevganingiz uchun bu sovg'a bo'lsa, unda tushunmovchilik paydo bo'lishi mumkin: u sizni xohlamaydi, sizni sevmaydi, lekin sovg'alar bilan to'laydi deb o'ylaysiz. . Va u, o'z navbatida, sizni ochko'z, e'tiborsiz, shuningdek, obsesif, doimiy ravishda shaxsiy makonga ko'tarilish deb hisoblashi mumkin. Va ikkalasi ham yaxshi ko'rinadi, lekin bu versiyada janjal muqarrar.

Nima qilish kerak?
Xuddi shu narsa, agar siz munosabatlarga kirishsangiz - bir-biringizning sevgi tilini o'rganing.

Ikkalangiz ham sherigingizdan qanday sevgi olishni xohlayotganingizni tushunishga va kelishib olishga harakat qiling. Oddiy tartiblar aniqlik, xotirjamlik va his-tuyg'ularni kuchaytirishga yordam beradi.

PSIXOLOG KUNDALIGI
5.7K viewsNilufar, 15:29
Ochish/sharhlash
2022-09-02 17:21:13 Hayotda yordam beradigan Geshtalt-psixologiyadan 10 dars.

1. Odamlar o'zlarini bunday tutishlari va ular bunday svoloch (yomon) bo’lgani tufayli emas. Balki nima uchun shunday qilishganini sababi bor. Hatto eng haqiqiy yomon ham unga aylanishdan oldin ko’pgina yo'lni bosib o'tgan va boshqacha qilish mumkinligini tushunmaydi.

2. Biroq, siz o'zingiz yoqtirmaganlarni qabul qilishga majbur emassiz. Umuman olganda, o'zingiz yoqtirmaydigan odamlar bilan muomala qilmaslik - bu sog'lom va foydali amaliyotdir.

3. Odamlarga o'zingiz his qilayotgan narsalarni, og’riqlarni ochiq ayting. Odamlarni his-tuyg'ularingiz bor odam ekanligingizga ko'niktiring. Bu bilan siz kelajakda o'zingiz uchun ham, ular uchun ham yaxshi qilasiz.

4. O'z his-tuyg'ularingizni aytganda - “sen odammassan, sen ….. ekansan” o’rniga "men gapingdan hafa bo’ldim" formulasidan foydalaning Shunda sizni katta ehtimollik bilan eshitishadi.

5. Boshqaga ishonish - bu, birinchi navbatda, o'zingizga qilgan mazmunli sovg'adir.

6. Bizda sodir bo'ladigan jarayonlar, garchi ular bizga yoqmasa ham, biz uchun qandaydir muhim vazifani bajaradi.

7. Shunday paradoks borli O'zimiz haqidagi fikrlarimizni o'zgartiradigan narsalarni qabul qilish biz uchun qiyin. Uarni yaxshi tomonga o'zgartirsa ham. Bundan qo’rqmang

8. So'ramang - "odam haqiqatan ham shunday o'ylashi / his qilishi / harakat qilishi mumkinmi?" Ha, ehtimol. Axir, odam - bu ajoyib

9. Agar siz his-tuyg'ularingizni e'tiborsiz qoldirsangiz, unda ruhiyatingiz sizga albatta zarba beradi. Agar hali buni qilmagan bo'lsa, demak kuchliroq tortish uchun kuchayib bormoqda.

10. O'zimiz bilmagan narsamiz bizni o'zimizda bilganimizdan ko'ra ko'proq boshqaradi.

PSIXOLOG KUNDALIGI
4.7K viewsNilufar, edited  14:21
Ochish/sharhlash
2022-09-02 17:03:30
PSIXOLOG KUNDALIGI
4.2K viewsNilufar, edited  14:03
Ochish/sharhlash