Get Mystery Box with random crypto!

#RUHIYAT ​​ QALBNI HOTIRJAMLIKKA OLIB CHIQISH SHUKRONALIK | 🎓PSIXOLOGIYA

#RUHIYAT

​​ QALBNI HOTIRJAMLIKKA OLIB CHIQISH SHUKRONALIK

Buning javobi va eng yaxshi usullardan biri— har kecha uxlashga yotishingizdan oldin MINNATDORCHILIK bildirishni istagan insonlaringiz ro'yxatini tuzing.

Bu sizga odat bo'lganida siz yanada uyg'un va hotirjam bo'lasiz.
Siz izlayotgan TINCHLIK va HOTIRJAMLIKNI his qilasiz.

Har kuningiz uchun Minnatdorchilik bildirishni davom ettiring.
O'zingiz uchun 5-10 daqiqa vaqt ajrating va bugungi kungacha sizga berilgan eng yaxshi narsalarni
eslang
Agar biror esda qolarli hodisalar ro'y bermagan bo'lsa,

Siz o'z hayotingiz, yaqinlaringiz borligi, tanavul qilayotganingiz, sog'lom fikrlashingiz, almashinib turgan fasllar, go'zal tabiat uchun Minnatdorchilik bildirishingiz mumkin.

Kundalik hayotimizdagi kichik bo'lsa ham quvonchli narsalarni qadrlashni o'rganamiz.

Misol uchun:
—Menga berilgan Yangi kun uchun MINNATDORMAN

— Samarali ish haftasi uchun MINNATDORMAN

— Ishdan olgan ajoyib natija va fikrlar uchun MINNATDORMAN

—Bahorning nurli quyoshi uchun MINNATDORMAN

—Bajara olgan barcha ishlarim uchun MINNATDORMAN

—Xayotimdagi Baxtli tasodiflar uchun MINNATDORMAN

—Quvonchli uchrashuvlar va qiziqarli suhbatlar uchun MINNATDORMAN

—Yaqinlarimning g'amxo'rligi uchun MINNATDORMAN

—Mening hayotimdagi barcha yaxshiliklar uchun MINNATDORMAN

Sizga Sehrli Minnatdorlik energiya oqimini tilayman!

Z Xolbayeva

@PSIXOLOGIYA_DUNYADI_RUMIY