Get Mystery Box with random crypto!

Kutilgan baxt - kutilmagan vaqtda keladi; Ba’zan taqdirga tan | 🎓PSIXOLOGIYA

Kutilgan baxt - kutilmagan vaqtda keladi;

Ba’zan taqdirga tan berishni ham o‘rganish kerak, qalb xotirjamlikka erishsa taqdirdagi muammolar ham chekinadi;

Insonga o‘zi haqida gapirish va eshitish hamisha yoqimli va qiziqarlidir. O‘zingiz haqingizdagi fikrlar qiziqarlimi? Unda avval o‘zgalarni tinglashni biling;

Odatda atrofdagilar haqida ko‘p narsa bilaman, deb o‘ylaymiz, lekin aslida o‘zimiz haqimizda deyarli hech narsa bilmaymiz;

O‘z hayotingizni o‘zgalarnikiga solishtirmang, chunki u o‘z hayotingizdir;

Agarda tun zulmati bo‘lmaganida oy va yulduzlar bu qadar go‘zal ko‘rinmas edi;

Ko‘z oldingizda botqoqdan nilufar unib tursa-yu, musibatlaringizdan hikmat axtara olmaysizmi?

Sukut - shovqin-suronning siyratidir;

Siz kimni mukammal deya olasiz? Oy yuzida dog‘lari bor yagona jism emas, quyoshning yuzida ham dog‘lari bor....


@PSIXOLOGIYA_DUNYADI_RUMIY