Get Mystery Box with random crypto!

#RUHIYAT HAYOT HAQIQATLARI Hayot sizga in'om etgan ne'mat | 🎓PSIXOLOGIYA

#RUHIYAT

HAYOT HAQIQATLARI

Hayot sizga in'om etgan ne'matlarni his qilib yashang. Ularning shukrini dildan his qiling. Boringiz haqida o'ylang. Yo'g'ingizni o'rni o'zi to'ladi.

Hech narsaga ko'nmayman demang, hayot ko'ndirib qo'yadi. Hech narsaga hayot mamot darajasida yopishmang. Usiz yasholmayman demang. Hayot Usiz ham yashay olishingizni isbotlab qo'yadi.

Hayot bilan kurashmang. Hayot bu- Yaratganning irodasi. Hayot bilan kelishing. Har narsaga ko'naman deganingizda, tilaganingizdan ham ortig'iga ega bo'lasiz.

Hayotning eng oliy mukofotlariga loyiqman deb yashang. Shunda hayot haqiqiy loyiqlik uchun yo'lni ko'rsata boshlaydi. Uzingiz anglamagan holda loyiqlar yo'lidan yurasiz va eng oliy mukofotlarga chindan loyiq bo'lib borasiz.

Olamdagi barcha narsalar faqat va faqat 18000 olamda eng aziz qilib yaratilgan inson uchun, siz uchun ham yaratilganini unutmang.

Yaratgan egamning cheksiz va hadsiz mehr muhabbati bilan yo'g'rilgansiz va bu mehr sizni asrashga, yuksaltirishga, to'g'ri yo'lga boshlashga, g'amingizni aritishga, tilaklaringizni amalga oshirishga, barcha barchasiga kifoya qilishini unutmang.

Yaratganning mehridan o'zga joydan yo kimsadan hech bir najot, umid, yordam tilamang. O'zigagina ishoning, tayaning va tavakkal qilib harakat qiling

@PSIXOLOGIYA_DUNYADI_RUMIY