Get Mystery Box with random crypto!

#RUHIYAT Quyida Karl Yungning inson psixologiyasiga oid iqt | 🎓PSIXOLOGIYA

#RUHIYAT

Quyida Karl Yungning inson psixologiyasiga oid iqtiboslarini ko‘rib chiqamiz

Sendan ketishga urinayotgan odamni to‘xtatma, bo‘lmasa senga kelmoqchi bo‘lganlarni kutib ololmaysan.

Menga psixik sog‘lom odamni ko‘rsating, men sizga uni davolab beraman.

Agar siz qobiliyatli odam bo‘lsangiz bu siz nimagadir ega bo‘lganingizni emas, balki siz nimalardir bera olishingiz mumkinligini bildiradi.

Farzandlar gardaniga tushgan eng katta qayg‘uli vazifa, bu ota-onalarining yashay olmagan hayotini yashashdir.

Boshqalarning g‘ashingizni keltiradigan jihatlari, o‘zingizni tushunishga eng katta yordam beradi.

Yolg‘izlik bu atrofingda odamlarning yo‘qligi emas, balki atrofdagilar bilan sen ma’nili hisoblagan narsalarni gaplasha olmaslik yoki atrofdagilarga bilan fikrlaringning muvofiq kelmasligidir.

O‘z o‘zing bilan uchrashib qolish eng yoqimsiz holatdir.

Daho va telba o‘rtasidagi farq shundaki: telba ko‘radi ammo qanday yetkazib berishni bilmaydi, daho esa ko‘rganini tushuntirib ham berishi mumkin.

O‘z ichingdagi qorong‘ulikni tushuna olsang, boshqalarnikini tushunish unchalik qiyin bo‘lmaydi

@PSIHOLOGRAM