Get Mystery Box with random crypto!

#RUHIYAT U SIZNI SEVISHINI ANGLATUVCHI BELGILAR Yigitlar | 🎓PSIXOLOGIYA

#RUHIYAT

U SIZNI SEVISHINI ANGLATUVCHI BELGILAR


Yigitlar asosan biz kabi ko'p gapirishni xohlashmaydi, ammo g'amxo'rlik qilib, sizga ko'p gapirishni boshlashlari biz uchun nimalarnidir anglatganday bo'ladi. to'gʻrimi

Doimo siz bilan gaplashish xohishi.Bunda asosan sizga qiziqadi, sizni ko'proq eshitishni xohlaydi, gapga soladi.Yigitlar shunaqa oʻzlari koʻp gapirishni yoqtirishmaydi, ammo bu siz bilan gaplashgisi kelmasligiga sabab bo'lmasligi kerak.

G'amxo'rlik qilish xohishi.Kasal bo'lsangiz haqiqatdan ham qayg'uradi.Dorilar olib boradi, har daqiqa hol so'raydi.Uy ishlarida, ogʻir narsalarni koʻtarishda koʻmaklashadi.Unutmang, shunchaki ho-ahvol so'rash va haqiqatdan ham g'mxo'rlik qilishni adashtirib yubormang.

Rashk qiladi.Siz bilan do'stlashgan har kimdan, yozishayotgan va unga kam e'tibor qaratayotganingizdan asabiylashadi va rashk qiladi.

Sizdan uyalmaydi. Do'stlari (qizbola do'stlari boʻlsa ham) yaqin insonlari, hatto oila a'zolari bilan ham tanishtiradi.Bizni oʻzbekchilikda esa, sovchilarini yuborishi ham sizni haqiqatdan sevishining belgilari hisoblanadi.

Uning muhim insoniga aylanasiz. Sevganingiz hattoki barchani qutqaradigan superqahramon bo'lsa ham, koʻnglingizni olish uchun albatta vaqt topadi.

Fikringizni hurmat qiladi.Toʻgʻri erkak kishi munosabatlarda ustun bo'lishi kerak, ammo bu u sizni hurmat qilmaydi va sizga yoqmagan qarorlarni bemalol chiqaraveradi degani emas

@PSIHOLOGRAM