Get Mystery Box with random crypto!

​​​​#bepulmarafon #marafon Marafon -2 kun Aziz rivojlanuv | Zamira Xolbayeva || Active Life - Психология Клуби

​​​​#bepulmarafon #marafon

Marafon -2 kun

Aziz rivojlanuvchilar, bugun marafonimizning ikkinchi kuni. Yana ajoyib praktiklarni taqdim etamiz

1 – vazifa:
Bizni orzu maqsadlarimizga erishishimizda bizning qo’rquvlarimiz ENG KATTA BLOKLAR hisoblanadi, ammo biz o’sha qo’rquvlarni shunchaki ongimiz o’ylab topgan uydirmalar ekanligini ong ostimizga ko’rsatishimiz kerak. Keling, bugun kecha yozga 100 ga yaqin orzu maqsadlaringizga qanday qo’rquvlaringiz borligini aniqlaymiz. Vazifa quyidagicha: Har bir orzuingizga qarab, “Shu orzuyim amalga oshsa nimasi yomon? NIma qo’rqinchli narsa yuz berishi mumkin?” deb o’zingizdan so’raysiz va har bir maqsadingizga uyg’ongan qo’rquvlaringizni va qarshi fikrlaringizga alohida qog’ozga yozib borasiz. Yozib chiqqan qo’rquvlaringiz va salbiy fikringizni nima qilishingizni keyin aytaman.

2 – vazifa:
Navbatdagi vazifani qizil jildli blaknotingizga yozishingiz mumkin: “Baxt ro’yxati” mashqi
Bu praktika quyidagicha bajariladi: Blaknotingizga nimalar sizni hursand qilishi, nimalardan o’zingizni baxtli, bahtiyor his qilishingiz haqida yozasiz, ruyxatni nechta bo’lishini ahamiyati yo’q, 10 tadan tortib 50- 100 tagacha ham bo’lishi mumkin. Yozib bo’lgach, eng asosiy vazifani bajarasiz: qaysi birlarini bugunoq amalga oshirishingiz mumkin, ya’ni bajarishingiz mumkin. Agar qo’shiq aytish orqali siz o’zingizni bahtiyor his qilsangiz, uzoq kutib nima qildik, hoziroq ishga kirishing, KUYLANG! Shu tarzda bugun ro’yxatingizdan 2-3 tasini amalga oshiring va hozirdanoq o’zingizni baxtli hayotingizni yarating. Orzudagi hayotingizni haqiqiy hayotingizga ko’chirishni boshlang.

3 – vazifa: Neyrografika masterklass

Olish berish qonuni ishga tushishi va bu mini marafonimizdan natija olishingiz uchun vazifalarni bajarib, istoriyangizda bizni belgilagan holda hisobotlaringizni ulashing, yaqinlaringizga tavsiya qiling, izohlarda ularni belgilang.

Bugungi vazifalarni aktivatsiya qilish uchun izohlarda “Orzularim uchun magnitman!” degan iborani yozib qoldiring.

Guruhda kechagi vazifalar buyicha foto hisobotlarni kutib qolaman!

@psixologiya_active