Get Mystery Box with random crypto!

​​#neyroorzular #marafon #bepulmarafon 𝙈𝙖𝙧𝙖𝙛𝙤𝙣 -1 𝙠𝙪𝙣 Az | Zamira Xolbayeva || Active Life - Психология Клуби

​​#neyroorzular #marafon #bepulmarafon

𝙈𝙖𝙧𝙖𝙛𝙤𝙣 -1 𝙠𝙪𝙣

Azizlar, bugundan va’da qilingan marafonimizga start beraman Har biriylarni yaxshi ko’raman va shu sababdan hursand qilishni istadim.

Yangi oy chiqqach, 3-5 kungacha ham energetik jihatdan kuchli kunlar. Shunday ekan bugundan orzular bilan ishlashni boshlaymiz.

– vazifa: Maqsadlar yozamiz

Avvalo maqsadlarimizga aniqlik kiritib olamiz. Buning uchun bizga kerak bo’ladigan narsalar:
- Blaknot (iloji bulsa qizil jildli)
- Siyohrang yoki sariq yaltiroq yozadigan ruchka
- Sham va kutarinki musiqa

Xonada yoqimli atmosfera yaratasiz, shamlarni yoqib, musiqani qo’yib bir yil uchun 100 ta maqsad yozasiz. Maqsadni hozirgi davomli zamonda yozishingiz mumkin.

Misol uchun: Men Dubayga 7 kunlik sayohatga “all inclusive” ta’rifda sayohatga ketyapman.

100 ta maqsadni yozib bo’lgach, eng oxiriga quyidagilarni yozasiz: “Ushbu maqsadlarim men uchun eng qulay, xayrli yo’llar bilan amalga oshishiga ruxsat beraman”

– vazifa: Izobiliya chekini yozamiz. (Chekni kanalimizdan topishingiz mumkin)
Kelayotgan oyda sizga qancha pul kerak? Siz istagan aqlga sig’adigan summani chekingizga yozasiz.

– vazifa: Orzular xaritasini tayyorlash bepul vebinarimizni Youtube sahifamizdan tomosha qilib Juma kungacha (2 sentyabrgacha ) tayyorlash. Vebinar havolasini sahifamizda qoldiramiz. Agar kim avval tayyorlagan bo’lsa, oradan 6 oy o’tgan bo’lsa qaytadan tayyorlashingiz yoki to’ldirishingiz mumkin.

- vazifa: Orzu maqsad buyicha Neyrografika.

Buni ham sahifamizga joylashtiramiz

Olish berish qonuni ishga tushishi va bu mini marafonimizdan natija olishingiz uchun vazifalarni bajarib, istoriyangizda bizni belgilagan holda hisobotlaringizni ulashing, yaqinlaringizga tavsiya qiling, izohlarda ularni belgilang.

Bugungi vazifalarni aktivatsiya qilish uchun izohlarda “Orzularim ushalishiga ruxsat beraman” degan iborani yozib qoldiring

Qani unda vazifalarga tayyorgarlik ko’rishga kirishamiz.

#𝗨𝗹𝗮𝘀𝗵𝗶𝗻𝗴

@psixologiya_active