Get Mystery Box with random crypto!

#RUHIYAT Taqdirning bir variantidan ikkinchi variantiga qayda | SHAXDIAS

#RUHIYAT

Taqdirning bir variantidan ikkinchi variantiga qayday o’tish mumkin?

1. Barcha eski odatlaringizni yangisiga almashtiring. Masalan, uyqudan turishingiz bilan telefoningizni tekshirasizmi? Bu odatingizni meditatsiya qilishga yoki cho’milishga o’zgartiring.

2. Vaziyatlarda qanday yo’l tutishni o’zingizdan so’rang: “Yangi Men bu vaziyatda o’zini qanday tutgan bo’lar edi?”, “U o’zini qanday his qilgan bo’lar edi?”. Va o’zingizni anashu versiyangiz bilan bog’laning.

3. Kuzatuvchi pozitsiyasida bo’ling. Yangi tuyg’ular, emotsiyalarni tanlang. Hatti-xarakatlaringizni tashqaridan kuzatishni o’rganing yani o’zingizga yuqoridan razm soling. Hafagarchiliklar, qo’rquv, xavotir - bular shunchaki sizning tanlovingiz. Ruxsatingizsiz sizni hech kim hafa qila olmaydi.

4. O’zingiz bilan, qalbingiz bilan bog’laning. Ichki ovozingiz, intuitsiyangizga quloq tuting. Sizga qaysi vaqtda nima kerakligini faqat o’zingiz yaxshi bilasiz. Yo’lingiz, vazifa va darslaringiz xotirangizda. Shuning uchun ikkilanganingizda o’zingizga murojat qiling.

5. Yangi taqdir - bu yangi energiya. O’zingizni energiyaga to’ldirishdan oldin, tuynuklaringiz yo’qligiga ishonch hosil qiling (yo’qsa teshik idishga suv to’ldirgandan foyda yo’q. Qancha suv quymang, uzoq turmaydi). Buning uchun kun davomida o’y-fikrlaringiz va xarakatlaringizga e’tiborli bo’ling. Va kunning so’ngida nima sizga energiya berganini va nima energiyangizni olganini tashxis qiling. Travmalar, hafagarchiliklar, bloklar, miyada tinimsiz aylanuvchi o’y-fikrlar - bu energiyangiz oqib chiquvchi teshiklardir.

6. O’tmishni davolash, kelajakni kutishni bas qilish, hozir va shu yerda yashash. Aynan manashular sizga hayotni to’laqonli his qilishga yordam beradi. O’tmish va kelajak haqidagi xavotirlardan voz kechib, hozirgi onda yashash, sizni yanada yaxshiroq taqdir variantiga olib chiqadi.

Parapsixolog SHAXDIAS

@PSIXOLOGIY