Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum Hulkar opa yaxshimisiz.Men 4yil o'qishni o'qi | Psixolog maslaxatlari

Assalomu alaykum Hulkar opa yaxshimisiz.Men 4yil o'qishni o'qib tugatdim.Lekin o'qigan soham bo'yicha qiziqishim yo'qmi yo dangasalikmi bilmayapman.Ishga kirishni xohlamayapman qanaqadir qo'rquv bor.
Ilm olishim qiyin bob qolgan bu soha bo'yicha,yoqtirib ilm ololmiyman.O'zimni majburlab o'qiyman.Ba'zida xohish bo'lsayam,o'qigan narsam miyamda ko'p turmaydi.Qandaydir kitob o'qisam,uyqum keladi.Sirayam sabrim yo'q,ilmiy yoki badiiy kitob o'qishga. Hozir kelinman,bitta farzandim bor hali yoshiga kirmagan.Qaynonam o'zi yaxshi menga yomonligi yo'q prosta boshqa kelinlarni yoki qizlarini menga misol qilib gapirsala(unaqa qilib bunaqa qilib yurubdi deb)darrov jahlim chiqadi yomon ko'rishni boshliyman.Shu tarafini aytmaganda ancha menga yaxshiliklar qilganlar,oddiy bir shunaqa gaplari uchun ,o'lguday yomon ko'rib,ko'p o'zlar bn gaplashib o'tiradilar so'kinib, xatto shu ham jahlimni chiqaradi.Oddiy kundalik hayotda xo'jaynimni jahli chiqib,rangini tirishtirib gaplasa ham asabim buziladi.Bolam yiglasa ham asabim buziladi.
Hulkar opa qanaqa maslahat berasiz.Oldingiday hotirjam,hushmuomla sabrli ayol bolishni xohliman .Kitob o'qishga ham,ishga kirishga ham kuch ham iroda,qaynonam bn munosabatli bo'lish,erimga va qizimgabn mexribon bolish,o'zimni ichki xohishlarimni o'z vaqtida bajarishni,doimo o'zimni sevib yurishni xohliyman.Iltimos yordam bering opa.