Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum yaxshimisiz? Ishlaringiz yaxshimi? Mening ha | Psixolog maslaxatlari

Assalomu alaykum yaxshimisiz? Ishlaringiz yaxshimi?
Mening harakterimni koʻplar tanqid qilishadi. Kursdoshlarim ogʻirroq deyishadi, ya'ni tez hafa boʻlib qolasiz, tez jahliz chiqadi, tez hursand boʻladiz, tez hafa boʻlsangiz ham tez hursand boʻlsangiz ham bildirasiz deyishadi. Tez oʻzimga olarkanman gaplarni. Keyin tez jahlim chiqib tez soʻnarkan. Tez jahlim chiqish barobarida tilim ham zahar emish. Nega koʻpchilik jahli chiqsa oʻzini haqini ayirib oladiku men gapirsam bilinib qoladi. Nega men gapirsam tilim zahar boʻlishim kerak. Boshqalar gapiradiku meni gapirishga haqqim yoʻqmi. Bor gapni aytaman shu tili zaharlikka kiradimi? Gapirmay desam boʻlmasa indamasam yana gapirishdan toʻxtamasa. Nima qilishim kerak. Toʻgʻrisi bunaqa tanqiddan keyin harakterim haqida koʻp oʻylab qolyapman. Shunchalik ogʻirmi harakterim deb. Yoki boʻlmasam harakterimni oʻzigartishim kerakmi lekin oʻzgartirsam insonlar yaʼna tanqid qilishsa yana oʻzgartirsam, ularni xohishiga qarab yana oʻzgartirsam, oʻzimni menimni yoʻq qilib qoʻymaymanmi? Yana erkatoysan deyishadi lekin men hammaga ham erkalik qilmayman faqat koʻnglimga yaqin insonlarimga erkalik qilib turaman. Erkalik qilish yoki erkatoy boʻlish yomonmi?