Get Mystery Box with random crypto!

#FAKT Muvaffaqiyatli insonlarning oʻziga xos 20 ta xislati: | PSIXOLOGIYA

#FAKT

Muvaffaqiyatli insonlarning oʻziga xos 20 ta xislati:

1. Boshqalar qila olmagan ishni, ular yoʻlini qidirishadi shunchaki qoʻl siltab ketishmaydi;

2. Boshqalar omadsizlik deb bilgan narsalarni, ular hayot saboqlari deb hisoblashadi;

3. Ular aniq oʻylangan rejalarni qabul qilishadi;

4. Boshqalar omadni kutib oʻtirsa, ular omadni oʻzlari qidirishadi;

5. Boshqalar kabi ularda ham qoʻrquv bor. Lekin qoʻrquv ularni boshqarishiga yoʻl qoʻyishmaydi. Ular qoʻrquvni shunchaki xavotirlanish deb hisoblashadi;

6. Ular shunday savollar beradiki, javobi insonni chuqur oʻylashga majbur qiladi;

7. Ular arz qilmaydi – arz qilish ortiqcha kuch sarflash deb hisoblashadi;

8. Ular boshqalarga ayb yuklashmaydi. Aksincha barcha qilgan harakatlari va ularning natijalari uchun toʻliq maʼsuliyatni oʻz boʻyniga olishadi;

9. Ularda gʻayritabiy talant boʻlmasligi mumkin, lekin ular har doim muommoni hal etish uchun maksimal yechim topa oladilar. Ular oʻzlaridan koʻproq narsani talab etishadi;

10. Ular juda band, samarali va punktual insonlardir. Qayerda boʻlmasin ular atrofdagilarning oʻzlarini xuddi ishlayotgandek tutib vaqt oʻtkazishayotganini muhokama qilmasdan, chin dildan berilib ishlashadi;

11. Ular oʻz maqsadlariga yetishishda atrofiga eng samarali taʼsir koʻrsatadigan bir fikrli insonlarni yigʻishadi;

12. Ular oʻzlariga "nega endi men emas" degan savolni berishadi. Bu esa oqim boʻyicha suzmaslikga yordam beradi;

13. Boshqalar oʻz hayotini chetdan kuzatayotgan bir paytda, ular hayotlarini qanday boʻlishini aniq tasavvur qila oladilar va shunday boʻlishiga harakat qiladilar;

14. Ular taqlid qilmaydilar, balki oʻz yoʻllarini kashf qiladilar;

15. Ular oʻz ishlarini ortga surmaydilar, bundan koʻrinadiki, ular hayotda biror narsani kutib yashashmaydi;

16. Ular butun umr oʻrganishda charchamaydilar. Har qanday hayotiy tajriba ular uchun darsdir;

17. Ular optimist odamlar, shu sababli har narsani foydali tomonini koʻra olishadi;

18. Ular oʻzlarini qanday his qilishlaridan qatʼi nazar, qilishlari kerak boʻlgan ishni qiladilar;

19. Ular moliyaviy, hissiy, kasbiy va ruhiy tomonlardan tavakkal qilishdan qoʻrqishmaydi;

20. Ular muammolardan qochishmaydi, aksincha ularga tik qarashadi.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!