Get Mystery Box with random crypto!

#farzand_tarbiyasi​ Oʻgʻil bola tarbiyasida muhim oʻgitlar | PSIXOLOGIYA

#farzand_tarbiyasi​

Oʻgʻil bola tarbiyasida muhim oʻgitlar.

Yigʻlash – bu tabiiy hol

Qalbing toshdan emas. Sen sezgir, oqkoʻngil va adolatlisan. Baʼzida uzoq vaqt davomida intilgan narsaga erishmasliging mumkin. Vaqti-vaqti bilan magʻlub boʻlasan. Agar koʻz yoshi toʻkib, yengil boʻlsang, unga (koʻz yoshiga) erkinlik ber

Salomatliging toʻgʻrisida qaygʻurgin

Oʻzing haqingda qaygʻurgin: shifokor qabuliga bor, sabzavotlar isteʼmol qil, vaqtida uxlagin va jismoniy mashqlarni bajar.

Oilangni unutma

Oilang doim sen bilan birga boʻladi: baxtli onlaringda sen bilan birga quvonadi va ogʻir damlaringda qoʻllab-quvvatlaydi. Albatta, har qanday sharoitda ham seni yaxshi koʻradi. Yaqinlaringdan uzoqlashma.

Oʻzgalardan yaxshi emassan

Sen ajoyibsan, ammo avtobus haydovchi, oyoq kiyimingni tozalovchi yoki uyingni tozalovchi boshqa insonlardan yaxshiroq emassan. Hayotda qanchalik muvaffaqiyatga erishishingga qaramay, yodingda boʻlsin: insonlar va ularning mehnatini hurmat qilishing kerak.

Insonlar - yaxshi

Tabiatiga koʻra insonlar yovuzlikka qaraganda yaxshilikka koʻproq moyildirlar. Buni yodingda tut. Bu dunyo faqatgina yaxshi insonlardan iborat degani emas. Sen notoʻgʻri, yomon yoʻl tutuvchi odamlar bilan roʻbaru kelishing mumkin. Sen har bir insonga yaxshi boʻlish imkoniyati mavjudligi, shuningdek, inson aybdorligi isbotlangunga qadar aybdor emasligini unutmasligingni istardim.

Davomi bor...

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!