Get Mystery Box with random crypto!

#tanqid QIZIQ • Rahbarlar, amaldorlar, boylar qarshisida yet | PSIXOLOGIYA

#tanqid

QIZIQ

• Rahbarlar, amaldorlar, boylar qarshisida yetti bukilib ehtirom qilamiz;
• Lekin podshoxlarning Robbisi Allohning huzurida, tovuq don cho'qigandek sajda qilamiz.

• Xorijga borib, yetti yod begona, g'ayridin chol yoki kampirni ketini tozalaymiz;
• Lekin otamiz va onamizga paypoq ham olib bermaymiz.

• Artistni, futbolchini ko'rsak "dumimizni likillatib" ishini (bepul) bitirib beramiz;
• Faqir qo'shnimiz, qarindoshimiz bo'lgan otaxonni ko'cha boshigacha eltib qo'yishga malollanamiz.

• Taziyqni, vaqtni, ishni baxona qilib masjid ostonasini hatlab o'tmaymiz;
• Ishimiz tushib turadigan kishining otasi-onasi o'lsa, birinchi safda namoz o'qiymiz.

• Haftalab, oylab Bamdod namoziga turmaymiz;
• Lekin qudamiz, nozik tanishimiz nahorga oshga aytgan bo'lsa uxlamasdan bo'lsa ham boramiz.

• Ehtiyojmand eshik qoqsa, dardimizni dasturxon qilib, taqillatgani uchun afsuslantirib kuzatamiz;
• Lekin to'ylarimiz, o'tirishlarimiz uchun millionlab sochib tashlaymiz.

• Soatlab feysbukda, televizor, kompyuter qarshisida yotamiz.
• Lekin Tafsirlar, "Kifoya" yoki biror kitobni to'liq o'qimaganmiz.

• Musulmon diyorlardagi muslim va muslimalarga hayolan yordam ko'rsatib, tilda qahramonliklar qilamiz;
• Vatandoshimiz, hamyurtimiz, qo'shnimiz ochlikdan, dorisizlikdan o'lib ketsa ham beparvo kuzatamiz.

• Do'zaxdan qo'rqishimizni, undan panoh berishini so'raymiz;
• Lekin yetim haqqini xotirjam hazm qilib tashlaymiz.

Buni soatlab, sahifalab davom ettirish mumkin. Menga qizig'i, nega biz shundaymiz?!
Nima bizlar Jannat xabarini olib bo'lganmizmi yoki hali Jannatga to'liq ishonmaymizmi?

Jannatga kirish arzon va oson emas, birodarim!

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!