Get Mystery Box with random crypto!

​​MUHAMMAD ALINING HAYOT HAQIQATLARI BORASIDA FALSAFIY FIKRLAR | PSIXOLOGIYA

​​MUHAMMAD ALINING HAYOT HAQIQATLARI BORASIDA FALSAFIY FIKRLARI:

1. Yosh – nisbiy tushuncha. Oʻzingga necha yosh bersang, sen oʻsha yoshdasan.

2. Men boshimdan oʻtkazgan eng mashaqqatli jang 1- xotinim bilan boʻlgan. Hayotda raqib tanlashda adashsang ham, juft tanlashda adashma!

3. Mashqlardan charchardim. Lekin oʻzimga «Toʻxtama! Hozir azoblansang ham hayotingni keyingi qismida chempion boʻlib yashaysan», deyishni kanda qilmadim.

4.Koʻpchilikni olgʻa borishdan choʻchitadigan omil, bu – eʼtiqodning pastligidir. Men esa eʼtiqodim tufayli oʻzimga ishonaman.

5.Tavakkal qilishga jurʼati yetmagan odam hayotda hech narsaga erisha olmaydi.

6. Chempionlar mashq zallarida yetishib chiqishmaydi. Ular avvalo oʻzlarining qalblarida kuchli xohish, orzu va gʻalaba ogʻushida tugʻilishadi.

7. Biror joyingiz ogʻriyotgan boʻlsa bu haqda hech kimga gapirib yurmang. Chunki, aynan oʻsha ogʻriqli nuqtangizga zarba beradiganlar albatta topiladi.

8. Munosib javobing boʻlmasa, sukut oltinga teng ekanini unutma.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!