Get Mystery Box with random crypto!

#IBRAT YOng'oq qurti o'zi sig'adigan teshik ochib, yong'oqni | PSIXOLOGIYA

#IBRAT

YOng'oq qurti o'zi sig'adigan teshik ochib, yong'oqni ichiga kirib nima bo'lsa yeydi. Yegan sari semiradi va to'yadi. YOng'oq ichida hech narsa qolmagandan so'ng, tashqariga chiqishga intiladi.

Teshik kichik bo'lgani uchun tashqariga chiqolmaydi. Undan ham yomoni, yong'oqning ichi quriy boshlaydi, endi teshikni kengaytirishni imkoni qolmaydi. Birgina chora-ozimoq bo'ladi.

YOng'oq ichida majbur ochlikdan ozib, eski zaif holiga qaytib tashqariga chiqadi. Qarasaki, uning uchun mavsum tugab ortda qurigan yong'oqdan boshqa hech narsa qolmagan bo'ladi. Ba'zi insonlarning yashash tarzi xuddi yong'oq qurti kabidir.

Mol-dunyo dardida umrini behuda narsalar bilan xabada qilib o'tkazib yuboradi. Endi bo'ldi, munosib shaklda buyurilganday yashay deganda umrining so'nggi damlarini yashayotgan bo'ladi...
Tafakkur qiling.


@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!