Get Mystery Box with random crypto!

#Mulohaza Ba'zan.... Sukut saqlashga majbur bo'lamiz. | PSIXOLOGIYA

#Mulohaza

Ba'zan....

Sukut saqlashga majbur bo'lamiz... zaif bo'lganimizdan emas, qadrdonlarimizni qattiq yaxshi ko'rganimiz, ularni yo'qotmaslik uchun...


Ba'zan....

YAqinganlarimizga juda qattiq gapiramiz.. chunki ulardan xavotir olamiz.. ular so'zlarimizni o'qishadi.. qalbimizga nazar solishdan ojiz bo'lishadi...

Ba'zan...

Xoli qolishni xohlaymiz... olamdan bizdan boshqa yo'qdek o'zimizni tutamiz... chunki shunday paytda halovatni topamiz...

Ba'zan...

O'zimiz yaxshi ko'rmagan, rozi bo'lmagan narsalarga bardosh beramiz... CHunki uning zamirida biz sevganlarning xotirasi bo'ladi...

Ba'zan...

O'zimiz istamasak - da, boshqalar uchun tabassum qilamiz...

Ba'zan...

Yer shunchalik keng bo'lishiga qaramay, bizga tor bo'lib qoladi... Lekin biz, Alloh bizga jon tomirimizdan ham YAQIN ekanligini eslaymiz... va qalbimizga sakinat cho'kadi. Nafs rozi bo'ladi...

Zero... «Allohni zikri bilan qalblar orom olur» (Ra'd: 28 - oyat).

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!