Get Mystery Box with random crypto!

1. Yurak-qon tomir tizimi hamda ko'z xastaliklariga moyillik k | PSIXOLOGIYA

1. Yurak-qon tomir tizimi hamda ko'z xastaliklariga moyillik kuzatiladi. 30 yoshlardan oshgach, arterial qon bosimi holatiga diqqat qilinsa foydadan xoli bo'lmaydi. Foydali: bodring, limon, uzum, apelsin, asal. Moychechak, marmarak. 19,28, 37 va 55 yoshlarda sog'lig'ingizdagi o'zgarishlarga e'tiborli bo'ling! Oktyabr, dekabr hamda yanvar oylari profilaktika choralari uchun tavsiya etiladi.

2.Oshqozon faoliyati va hazm a'zolaridagi o'zgarishlarga ahamiyatli bo'lishi lozim. Ayollarda qalqonsimon bez xastaliklariga moyillik kuzatilishi mumkin. Foydali: salat bargi, karam, sholg'om, bodring, ko'k piyoz va banan. 20, 25, 29 va 43 yoshlarda salomatligingiz pand berishi mumkin Yanvar, fevral va iyul oylarida sihatgohlarga yo'l olishingiz mumkin.

3.Asab tizimi zo'riqishi, depressiya, asabiylashish va umumiy zo'riqish olatlaridan ehtiyot bo'ling.

Foydali: yalpiz, za'faron o'simligi, muskat yong'og'i,marmarak; qizil lavlagi, olma, shaftoli, anor, uzum, olcha va olxo'ri mevasi. Sog'lig'ingizdagi o'zgarishlarga 12, 21, 39, 48 va 57 yoshingizda ahamiyatliroq bo'ling. Umumiy profilaktika maqsadida iyun va sentyabr oylari xayrli sanaladi.

4.Ushbu raqam sohiblari kamqonlik, bosh og'riqlari va umurtqa pog'onasi kasalliklaridan aziyat chekishlari mumkin.Foydali: Turli meva va sabzavotlar, shuningdek baqlajon, sholg'om, karom va kashnich tavsiya etiladi. Jiddiy o'zgarishlar yuz bermasligi uchun 13, 22, 31, 40, 49 va 58 yoshingizda sog'lig'ingizga ahamiyatliroq bo'lishingiz lozim. Avgust va sentyabr oylari esa umumiy profilaktika uchun mos keladi.

5.Mazkur raqam egalari bosh og'riqlari xususan migren xastaligi, asabiylashish, uyqusizlikka moyil bo'lishadi. Bunday kishilar uchun eng yaxshi davo o'z vaqtida avqatlanib, sakkiz soat uyqu tartibiga rioya etishdir. Foydali: dengiz karami, qo'ziqorin, yong'oq, sabzi, kartoshka, guruch. 14, 23, 41 va 50 yoshingizda salomatligingizga katta e'tibor bering. Sihatgohlarda davolanish uchun iyul, sentyabr va dekabr oylari tavsiya etiladi.

6.Tomoq og'riqlari, burun va nafas yo'llari kasalliklariga moyillik bo'lishi mumkin. Ayniqsa, o'pka faoliyati va tez-tez takrorlanuvchi shamollash holatlariga e'tibor qiling Foydali: anjir, ismaloq, bodom, olma, shaftoli, o'rik, dukkakli don mahsulotlari. Agar yoshingiz 15, 24, 42, 51 yoki 60 da bo'lsa,bu yoshda sog'lig'ingizga yanada e'tiborliroq bo'lganingiz ma'qul. Umumiy profilaktika uchun may, oktyabr, noyabr oylarini tanlashingiz mumkin.

7.Sizni allergik xastaliklar, o't pufagi va immun tizimining sustlashishi alomatlari bezovta qilishi mumkin Foydali: ko'k choy, turshak, sabzavot sharbatlari, bodring, nok, olma, tarvuz. Yoshingiz 16, 25, 34, 43, 52 va 61 bo'lganda sog'lig'ingizga jiddiy e'tibor qarating. Surunkali kasalliklarni oldini olish maqsadida yanvar, mart, iyul, avgust oylari ayni muddao.

8.Jigar faoliyati o'zgarishlari hamda bo'g'im kasalliklariga moyillik bor. Shuningdek, bosh og'riqlari ham bezovta qilishi mumkinJismoniy mashqini bajarishga e'tibor qaratishi maqsadga muvofiqdir. Foydali: qo'ziqorin, karam, qizil loviya, sholg'om, baqlajon, bulg'or qalampiri, pomidor, olma kabi maxsulotlar hamisha taomnomangizda bo'lishiga harakat qiling.Siz 17,27,35, 44 , 53 va 62 yoshingizda sog'lig'ingizga nihoyatda ahamiyatli bo'lishingiz lozim. Umumiy profilaktika uchun esa dekabr, fevral va iyul oylari mos keladi.

9.Siydik pufagi muammolari hamda immun tizimi zaiflashuviga moyil bo'lishadi. Infektsion kasalliklarga oson taslim bo'lish ham aynan shundan. Organizmni chiniqtirishga e'tibor qaratsalar, xastaliklarni engib o'tishlari oson. Foydali: piyoz, sarimsoq, zanjabil, limon, kivi, karam, qovoq, erqalampir.

Shuningdek, yog'li taom va eguliklar miqdorini cheklaganingiz ma'qul. 18, 27, 36, 45 va 63 yoshlarda sog'lig'ingizdagi o'zgarishlarga befarq bo'lmang. Aprel, may, oktyabr oylari umumiy profilaktika uchun asqotishi mumkin.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEYfPXZuYrep-KhqkQ