Get Mystery Box with random crypto!

SIZ NIMAGA QODIRSIZ? Bu dunyoda ong va fikrlashni qayta ko‘ri | Psixolog.GAVHARXONIM

SIZ NIMAGA QODIRSIZ?

Bu dunyoda ong va fikrlashni qayta ko‘rib chiqib, uni ijobiy tomonga o‘zgartirishdan qudratliroq narsaning o‘zi yo‘q. Siz sochingizning rangini o‘zgartirishingiz mumkin, kiyimingizni, manzilingizni, hattoki fuqaroligingizni almashtirishingiz mumkin.

Agarda fikrlashni - fahmlashni o‘zgartirmas ekansiz atrofingizda bo‘layotgan voqelikni yaxshi emas tomonga o‘zgartirasiz. Chunki nimaiki o‘zgargan bo‘lsa, u bor-yo‘g‘i ustki tarafdan, ko‘zga ko‘rinarli jihatdan o‘zgaradi. Ichingizdagilar esa, qanday bo‘lsa shundayligicha qolib ketadi.

Agar bu dunyodan nimanidir istasangiz, o‘zingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, biror bir maqsadga yetishni chin dildan istasangiz, yomon tarki odatlaringizni yo‘qotishni zarur deb bilsangiz - harakat qilishingizga to‘g‘ri keladi.