Get Mystery Box with random crypto!

Men xudbinman, Istaklarim ham, Menikilar menga bo‘lishsin! Men | PSIXOLOGLAR UCHUN

Men xudbinman,
Istaklarim ham,
Menikilar menga bo‘lishsin!
Meni demas menikimaslar,
Mendan nari o‘ynab-kulishsin.

Men xudbinman,
Men sevgan inson,
Mensiz nafas ololmay qolsin.
Yo‘qligimdan qulasa osmon,
Borligimdan quvonchga to‘lsin.

Nigohiga sig‘masin o‘zga,
Ko‘nglin menga bersin bus-butun.
Shiringina jonidan kechsin,
Bittagina qarashim uchun.

Yuzlarimni tilasin oydan,
So‘zlarimsiz tatimasin bol.
Mensiz bir kun yashay oldimi,
Ana eshik,
Ketsin,
Bemalol.

Xudbinman-a?!
Bilaman,ammo,
Chorasizman,
Hayron turibman.
Shundayligim tufayli, balki,
Qarang,hamon yolg‘iz yuribman... !

Malika Salimova


@Zamonaviy_Psixolog