Get Mystery Box with random crypto!

#USUL Pul yig'ishda yo'l qo'yiladigan 5 xato 1. 'Ortganini | Zulxumor Sobirjonovna

#USUL

Pul yig'ishda yo'l qo'yiladigan 5 xato

1. "Ortganini yig'aman". Hech qachon qancha orttirishingizni bilmaysiz, balki umuman orttirolmassiz ham. Demak, siz pul yig'ishga harakat qilmayapsiz. Agar har gal maoshning ma'lum bir qismini olib qo'yganingizda oradan ko'p o'tmay yig'ilgan sarmoya sizni xursand qilgan bo'lardi.

2. "Pulni plastik kartochkamga yig'aman". Juda yaxshi, ammo oradan birmuncha muddat o'tganidan keyin orzuingizdagi biror narsa-buyumni ko'rib qolsangiz, uni birzumda ishlatib qo'ymasmikinsiz? Yaxshisi, pulni naqd shaklda yig'ish, yaxshi bizningcha.

3. "Uy olaman, mashina olaman, muzlatkich, kompyuter..."Pulni faqat aniq bir maqsadni ko'zlab yig'ish kerak. Aks holda "xazina"ngiz tog'dan bo'lsa ham oxiri yo'q orzu-istaklaringizga dosh bermaydi.

4. "Har oy maydalab yig'mayman, yaxshisi, bir marta kattaroq pulni olib qo'yaman". Shunday deya vaqt qanday o'tib ketganini bilmay qolasiz...

5. "Emayman, ichmayman, kiymayman, faqat yig'aman!"Axir, bir marta yashaymiz! Daromadimizni to'g'ri taqsimlasak, bas, o'zimizni qiynashimiz, qisinib-qimtinib pul yig'ishimiz shart emas. Avvaliga maoshning 10 foizi, keyinroq 20-30 foizini har oy bir erga joylab, so'ng unutsak, shuning o'zi kifoya.

https://t.me/psixolog_Zulxumor_Sobirjonovna