Get Mystery Box with random crypto!

​​Neyrografika qaysi yo’l bilan natija beradi? Menga ilmiy as | Zamira Xolbayeva || Active Life - Психология Клуби

​​Neyrografika qaysi yo’l bilan natija beradi?

Menga ilmiy asos va faktlar yoqadi. Shu sababdan sizlarga Neyrografikani qay tarzda ish berishi buyicha ilmiy asoslarni taqdim qilaman. Bu haqida efirlarimda ham gapirganman.

Bizning ongimiz o'zining maxsus hujayralari – aks ettiruvchi neyronlari tufayli go'zallikni miyaning tubida saqlaydi! Aks ettiruvchi neyronlarini 1959-yillarda bir guruh italiyalik nevrologlar tomonidan kashf etilgan.
Hech o'ylab ko'rganmisiz, nega odam esnayotganini ko'rib, o'zimiz esnay boshlaymiz? Boshqalarning harakatlarida biz o'zimizni ko’ramiz.
Bu san'at va go'zallik bilan bog'liq. Tan olishimiz kerakki, bitta filmni ko’rib turib biz barcha his-tuyg'ularni boshdan kechira olamiz.
Bizning miyamiz ekranda sodir bo'layotgan hamma narsa haqiqatdan ham biz bilan sodir bo'layotgan deb qabul qiladi. Va bizning miyamiz nevrografik chiziqlarni "ko’rayotganda", miyamiz chiziqlarni haqiqat sifatida qabul qiladi.
Qizig'i shundaki, ba'zida odamlar aks ettiruvchi neyronlarini "o'chirishi" mumkin. Agar his-tuyg’ular uchun noxush hodisalar ro'y berganda, odam "aks ettirish"ni  to'xtatadi.
Marker va motorika (chiziqlarni chizish) yordamida biz kelajakning tasvirini, o'zimiz erishmoqchi bo'lgan natijani ko’ramiz. Aks ettiruvchi tizimi uyg'onishni boshlaydi. Va biz yangi neyron sxemasini chizamiz.

Ma’lumotlarim yoqqan bulsa izohlarda fikringizni kutaman!


Zamira Xolbayeva

@psixolog_zamiraxolbayeva