Get Mystery Box with random crypto!

Oldinlari ayol ruhan tinch bo'lsa, hamma ishni kayfiyat bilan | YULDUZ SA'DULLAYEVNA

Oldinlari ayol ruhan tinch bo'lsa, hamma ishni kayfiyat bilan o'z o'rni va vaqtida bajaradi, deb o'ylardim.... Lekin hozir qarashlarim o'zgardi ancha, agar oldin atrofingizni, uyingizni, hovlingizni, ish stolingizni tartibga keltirib, doimiy sarishta saqlashga erisha olsangiz, ichki xotirjamlik o'zi kelarkan!
Xo'sh, bunga qanday erishish mumkin?- javobi oddiy- oldin ishni atrofingizdagi siz kerak deb hisoblaydigan, aslida, ming yildan keyin ham foydalanmaydigan, aksiga kelin yoki qizingizga siz meros qilib qoldirib, ularni ham tashvishga qo'yadigan barcha narsalarni yaxshilab ro'yxat qilib chiqing! Keyin ulardan kimgadir ehson yoki sovg'a qilib berish mumkin bo'lganlarini ajrating, qolganlaridan o'ylamasdan voz keching! Chunki musulmon odam o'zgalarga o'ziga ravo ko'rgan narsalarnigina ilinishi kerak!
Endi qolgan buyumlarni qulay qolib joylang!
Bu ishni qilish sizdan uzog'i bilan bir hafta olishi mumkin, lekin qilgan ishingizning mazasi faqat miyangizga emas, hayotingizga ham yoqimli erkinlik olib keladi!