Get Mystery Box with random crypto!

#JAVOBLAR - QIYOFA: Siz juda kamdan kam hollarda adashasiz | ПСИХОЛОГИК ТЕСТЛАР

#JAVOBLAR

- QIYOFA:

Siz juda kamdan kam hollarda adashasiz va asosan qarorlaringiz ijobiy natijaga olib keladi. To'g'ri qaror qabul qilishda sizga ko'pincha intuitsiya(ichki sezgingiz) yordam beradi. Shuningdek ma'lumotlarni juda yaxshi tahlil qilishga qodirsiz va to'g'ri hulosa chiqarasiz.
Ammo qaror qabul qilishdagi hayratomuz qobilyatingiz, xarakteringizga yaxshi ta'sir ko'rsatmayabdi. Vaqt o'tishi bilan o'zingizni hammadan yuqori hisoblashni va boshqalarni sizga bo'ysunuvchilar sifatida ko'rishni boshlamasangiz bo'ldi.


- QIYOFA:

Ko'nglingizga tegmasinu ammo sizni unchalik ham to'g'ri qaror qabul qiluvchi inson deb bo'lmaydi. Hayotingizda juda katta xatolar qilgansiz, oqibatda hozir juda afsusdasiz. Umringiz davomida muammo va ko'ngilsizliklarga ko'p to'qnash kelishingizga to'g'ri kelgan.
Lekin afsuslanishingizga arzimaydi, chunki yoningizda qiyin vaziyatga tushib qolsangiz, to'g'ri qaror qabul qilishingizga yordam beruvchi yaqinlaringiz bor. Muhimi yolg'izlikda xarakat qilmang va qilmoqchi bo'lgan ishingizni tajribaliroq insonlar bilan maslaxatlashing.


- QIYOFA:

Siz bir vaqtining o'zida ham to'g'ri, ham xato qaror qabul qilishingiz mumkin. O'tmishingizda ham muvaffaqiyat, ham omadsizliklar mavjud. Qaror qabul qilishingizga boshqalarning gapi juda kuchli ta'sir o'tkazadi, lekin ko'pincha ularning gapi xato bo'lib chiqadi va natijada noto'g'ri qaror qabul qilib qo'yasiz.
Sizni sayyoramizning ko'pchilik insonlari qatoriga qo'shish mumkin. Chunki ko'pchilik odamlar boshqalarning gapiga og'ib ketishga moyil bo'lishadi. Shunchaki tanimagan, bilmagan insonlaringizga va tekshirilmagan ma'lumotlarga ishonmaslikga xarakat qiling.

Psixologik testlar kanali:
@psixolog_nafis_test

Psixologik testlar guruhi:
@testlargroup