Get Mystery Box with random crypto!

​​QACHON HAYOTINGIZ OʻZGARADI??? Koʻpchilik insonlar qani edi | PSIXOLOG | GULCHIROY

​​QACHON HAYOTINGIZ OʻZGARADI???

Koʻpchilik insonlar qani edi bu narsam boʻlganida, qani edi manabu narsam boʻlganida, manamuncha pulim boʻlganida bu ishni qilar edim, manashuncha pul boʻlganida hayotim umuman boshqacha boʻlar edi degan mavzulardagi hom hayollarga berilib qolishgan.

Shunday uylaydiganlar diqqatiga: Ahir qanday qilib? Hayotingizni Siz oʻzgartirmasangiz kim oʻzgartiradi?

Xomhayollikni yigʻishtiring, osmondan pul tushmaydi, munosabatlaringizni chetdan hech kim yaxshilab qoʻymaydi, birdaniga farovon yashashni boshlab qolmaysiz, birdaniga siz oʻylagan barcha narsalar amalga oshmaydi.

Yodingizda tuting, hayotingizni oʻzgarishiga yoki oʻzgarmay qolishiga oʻzingiz sababchisiz. Faqatgina shaxsiy harakatlar orqali farovon hayotga ega boʻlish mumkin.
@Psixolog_Gulchiroyxon