Get Mystery Box with random crypto!

YOʻL - QАDАM QOʻYGАNINGIZDАN KEYIN PАYDO BOʻLАDI! Koʻplab ins | PSIXOLOG | GULCHIROY

YOʻL - QАDАM QOʻYGАNINGIZDАN KEYIN PАYDO BOʻLАDI!

Koʻplab insonlarning muammosi, ular tayyor yoʻlni koʻrsatishlarini kutishadi va shunday keyingina faqat yoʻlga chiqishadi.

Yoʻl faqat qadam qoʻyganingizdan keyin rivojlanadi.

Mayli, Siz yoʻlni butunlay koʻrmang, qorongʻulik va noaniqlik boʻlsin, lekin qayerga bormang, Sizda hamma narsani yoritadigan YURАGINGIZ OLOVI BOR.

Shablonlar, koʻrsatmalar bilan emas, Qalb yoʻlingizda yuring, har bir narsa oʻz-oʻzidan qurila boshlaganini sezmay qolasiz.

Siz atrofingizdagi hamma narsani niyatingiz, jasoratingiz bilan yorita olasiz. Shu bilan birga, Sizning istaklaringizni amalga oshishida butun borliq yordam beradi, imkoniyatlar paydo boʻladi, kutilmagan yangi eshiklar ochiladi.

Siz tayyor shablonlarni hoxlaysiz, lekin borliqda tayyor shablonlar yoʻq. Vaziyatlar, joylar, belgilar, odamlar — bularning barchasi
har bir daqiqada oʻzgarishi
mumkin.

Hayotingizni shablonlar bilan toʻldirmang, Oʻzingizni boshqalar bilan taqqoslamang.

Taqqoslash oʻlchovdir.
Oʻlchovda cheklov bor.

Nima uchun inson oʻzini boshqalar bilan taqqoslaydi? Har qanday mezonlarga koʻra, kim yaxshiroq va kim yomonroq ekanini aniqlash uchun, shundaymi?

Taqqoslash - oʻzingizga va boshqalarga nisbatan past ong bilan qarash shaklidir.

Sizdan koʻra yaxshiroq koʻrinadigan kishilar bilan taqqoslash - bu oʻzingizni kamsitishdir.

XULOSА OʻRNIDА TАVSIYALАR:

• Taqqoslamang - Oʻzingizni boringizcha seving!

• Shablonlar bilan
yashamang - Qalbingizga
quloq soling!

• Qaror qabul qilishga
ikkilansangiz-tavakkal qiling!

• Koʻp oʻylagan odam yutqazadi!

Borliqning eng aniq xaritasi
bu - Sizning qalbingiz!
Unga doim quloq soling.
@Psixolog_Gulchiroyxon