Get Mystery Box with random crypto!

#JAVOBLAR: 1. YO'LBARS: Agar birinchi ko'zingiz tushgan hayv | HAYOT PSIXOLOGIYASI//Dildora Olimjonova

#JAVOBLAR:
1. YO'LBARS:


Agar birinchi ko'zingiz tushgan hayvon yo'lbars bo'lsa, demak sizning eng katta muammoingiz holdan toyganligingizdir. Siz - hammasi joyida bo'lishi uchun g'amho'rlik qiluvchi, energiyaga to'la insonsiz. Sizni "Poda boshi" lider deyish mumkin: dushman bo'y ko'rsatganda, yaqinlaringizga g'amxo'rlik qilasiz, ularga yaxshi bo'lishi, hayotda hech qanday kamchilik ko'rmasliklari uchun, jon-jahdingiz bilan kurashasiz.
Muammo shundaki, o'zingizni 110%ga bag'ishlab yuborasiz, va ohir-oqibat madoringiz qolmaydi. Siz: - "Dunyoni bir zumga to'xtatib turing, men tushib qolay!"-:deb baqirgingiz keladi.
Siz, o'ziga vaqt ajratmaydiganlar turidansiz. Lekin bilasizmi?, poda boshiga zarar yetsa qolganlar ham yomon ahvolga tushib qoladi.
O'zingiz haqingizda qayg'urishga vaqt sarflamaysiz. Boshqalar haqida qayg'urishning eng yaxshi yo'li - bu birinchi navbatda o'zingiz haqingizda qayg'urishdir!

2. FLAMINGO:

Agar birinchi navbatda ko'zingiz flamingoga tushgan bo'lsa, demak sizning eng katta muammoingiz, barcha narsani yuragingizga yaqin olishingizdir. Yodingizda bo'lsin, siz faqat o'zingizning hatti-xarakatlaringizni boshqara olasiz, boshqalarnikini emas!
Mana nima uchun atrofda bo'layotgan hodisalarni boshqa ko'rishni hohlamasdan, qochib ketishga bo'lgan kuchli hohish qayerdan paydo bo'ladi.
Demak, sizga maslaxat: Qo'rquvlaringizga qarshi turish vaqti keldi! Albatta bu osonmas. Sababi hammasi yaxshi bo'lib ketishiga ishonmaysiz. Ammo ishonishingiz mumkin bo'lgan xaqiqat shundaki: Bu fikrga qo'shilishni hohlaysizmi, yo'qmi, har ishning o'z vaqti-soati bor!
Bu fikrga bosh qo'shsangiz yaxshi bo'lardi albatta va o'zingizga barchasida yashirin, sizga kuch beruvchi, xaqiqiy go'zallikni kashf etar edingiz!

3. GEPARD:

Ko'zingiz birinchi navbatda gepardga tushgan bo'lsa, buning sababi siz boshni aylantiradigan darajadagi tempda yashaysiz. Siz bir daqiqa ham ishsiz tura olmaydigan insonlar toifasidansiz. Mana nima sabab, yangi qarorlar qabul qilish va o'zingizni kundan kunga yaxshilash uchun uyoqdan buyoqga yugurasiz. Va bu juda yaxshi albatta, mana shunday xarakteringiz sabab, siz hozir o'zingizga munosib joyda mavjudsiz.
Bir kunda bajaradigan ishlaringizdan qancha xaqiqatdan ham ahamiyatga molik? Bulardan qanchasi sizga baxt beradi?
Agar bu savollarga ro'yi-rost javob bersangiz, qidirayotgan savolingizga javob topasiz. Xaqiqatdan ham muhim ishlarga ko'proq vaqt ajratib, keraksizlariga kamroq ahamiyat berish vaqti keldi!
Hayot - qancha ko'p ish qilishingizda emas, qilgan ishingizdan qanchasi sizni baxtli qilishidadir.

4. KAPALAK:

Birinchi bo'lib kapalaklarni ko'rganingizning sababi, qalbingiz ozodlikni sevadi, parvoz qilishi uchun unga hudud kerak. Ammo xaqiqat shunda-ki, siz ko'pincha bu hududni topa olmaysiz. Hayot davom etyabdi va "real dunyo" sizni holdan toydiryabdi. Tabiatingizning tasirchanligidan atrofingizda sodir bo'layotgan har narsa sizga ozor beradi.
Bunday damlarda chorasizlikni his qilasiz. Mana nima sabab oldinga xarakat qilishni hohlamayabsiz.
Sizga agar javob kerak bo'lsa, qalbingizga nazar soling. Bu shunchaki so'zmas: aslini olganda, yana qayta ucha olishingiz uchun sizga yordam bera oladigan inson bilan birlashishingiz lozim. Siz qidirayotgan umid, sizni baxtli qila oladigan, yuzingizga tabassum baxsh ettira oladigan juftingizda aslida!

https://t.me/PSIXOLOG_AND