Get Mystery Box with random crypto!

AYOLGA PUL BERING Ayolga pul bering, plastik bering, Demang, y | Афсона Акмаловна

AYOLGA PUL BERING
Ayolga pul bering, plastik bering,
Demang, yuribdiku kulib, jilmayib.
Ayol kulib turib shilishi mumkin,
Pulingiz olishi mumkin, tirjayib.

Ayolga pul bering, plastik bering,
Gar o'zin yonida bo'lsa ham puli.
Olib bering qator atir-upalar,
Ko'ylaklar obering, chiroyli, gulli.

Ko'nglini ko'taring, dollarlar bering,
Tillalar olishga shafoat toping.
Yig'lab turganida hech bo'lmaganda,
Nozik bo'yinchasiga zanjirlar taqing.

Ayolga pul bering, plastik bering,
Garchi kissangizni qoqib olsa-da.
Ayolga pul bering, plastik bering,
O'zin plastigi, puli bo'lsa-da.

Ayolga pul bering, tamom-vassalom,
Dunyoda sizdan zo'r er topilmagay.
Ayolga pul bering, kuzating zimdan,
Hatto uyqusida sizni maqtagay.

Har oqshom, har kuni ishdan qaytishda,
Chiroyli gullardan guldasta oling.
Uxlab yotganida,sumkachasiga
Ko'p emas, dollardan bir dasta soling.

Ayolga pul bering, har kun, har mahal
Butiklar aylansin, borsin salonga.
Hammadan chiroyli, go'zalsan- deya
Arziting yaxshi gap, shirin kalomga.

Ayolning yurishi, turishi go'zal,
Yotishi go'zaldir bir tonna bo'lib.
Semizmi, oriqmi, yaxshimi, yomon-
Yonimizda yursun ochilib, to'lib.

O, ayol yotibdi osmonga qarab,
Xurraklar otishi naqadar munis.
Ovozi yoqimli, Sherali hofizdan
Go'yoki uyquda malika, hur qiz.

Garchi "zahar" bo'lsa, asalimsan, deng
Bo'sh-bayov bo'lsa-da ayting- chaqqonim.
Kunda bir, tunda bir ayting ming bora-
Ko'zlaring ko'zimga juda yoqqonim.

Ayolga pul bering yo klik qiling,
Raqamin unutmang- 880.
O'n sakkiz yoshliday chiroylisan- deng
Kirsada yetmishga yo sakson, to'qson.

Ayolga pul bering...
Yo'q.
She'rim hazil.
Shunchaki ko'nglingiz ko'targim keldi.
Mehri ham tugamas, go'yoki ummon
Sadoqat bobida, yillar tan berdi.

Yaxshi gap-yaxshida, ayting doimo,
-Topganim seniki, olgil onasi.
Faqat bir iltimos, meni ham o'yla,
Men ham kimningdir bir arzandasi.

"Ayolga gul bering, muhabbat bering..."