Get Mystery Box with random crypto!

Ijtimoiy tarmoqlardagi nohaq va salbiy sharh (fikr)larning eng | PSIXODIAGNOSTIKA

Ijtimoiy tarmoqlardagi nohaq va salbiy sharh (fikr)larning eng umumiy sababi, bu bildirilgan sharhlar uchun javobgarlikning yoʻqligi.

Heyterlar ijtimoiy tarmoqlarga kirgan vaqtlarida umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy meʼyorlar, masʼuliyatni his qilmaydilar va xayollariga kelgan yomon fikrlarni sharh (kommentariy)larga yozadilar. Heyterlardagi nafratli soʻzlar, soʻkinish va haqoratlarni qoʻrqmasdan yozishlariga sabab ulardagi “ANONIMLIK” yoki koʻrinmaslik hissidir. Buni psixologiyada “deindividualizatsiya” deb ataladi, yaʼni odamda “MEN” hissini yoʻqolishi bilan ifodalanadi.

Heyterlar komment yozib “maza” qiladilar. Bu maza qilish, oz miqdordagi dofaminlar hisobiga yuz beradi. Yaʼni har bir haqoratli sharh (komment) uchun heyter oziga kayfni his qiladi )). Heyterlarni askari bolaligida muhabbat koʻrmagan yoki mehr nimaligini bilmagan boʻlishlari mumkin. Shuning uchun ham ular “MENI KIMLIGIMNI BILIB OʻTIRIBTIMI” deb ichlaridagi toʻplangan nafrat va gʻazabni shu tariqa chiqarib, oʻzlarini ozgina dominant his qilib yashayveradilar.


Psixologiya