Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Dahoning ayoli Deytroyt kompaniyasining yosh mexanigi ha | BAXT AKADEMIYASI💞

​​​​Dahoning ayoli

Deytroyt kompaniyasining yosh mexanigi haftasiga 11$ maosh olardi. Har kuni u 10 soat ishlar, uyga kelib esa, ko‘pincha o‘z garajida dvigatelning yangi turini ixtiro qilishga urinib, yarim kechagacha shug‘ullanardi. Otasi o‘g‘lim vaqtini behuda sarflayapti, deb hisoblar, qo‘shnilar uni aqlda ozganga chiqarishar, hech kim bu ishidan biror ba'mani narsa chiqishiga ishonmasdi. Yolg‘iz xotini ishonar edi. U kechalari bir necha soatlar davomida eri tepasida turar, qo‘llari tolar, sovuqdan tishlari taqillar, shamollab qolardi. Lekin chidardi! Yillar o‘tib bir kun tarillagan shovqin eshitildi. Qo‘shnilar yo‘lda, telba mexanik va uning xotini bir otsiz "arava"ni minib ketayotganlarini ko‘rishdi. Uning ismi Genri Ford edi.

Keksayganda Forddan intervyu olgan bir jurnalist qiziqdi:
- Siz aslida hayotda kim bo‘lishni xohlar edingiz?...
Daho unga javob berdi:
- Kim bo‘lishimning farqi yo‘q, birgina yonimda xotinim bo‘lsa bas.

@psixalogiya