Get Mystery Box with random crypto!

​​Barchamiz turli joy, turli zamon va turli xil insonlar bo'li | Nima Gap🙂👇

​​Barchamiz turli joy, turli zamon va turli xil insonlar bo'lib tug'ilamiz.
Ammo Alloh oldida barchamiz birmiz.

Barcha turli millat, turli xarakterli insonlar bir maqsadda yashaymiz.

Inson tug'ilganidan to umri so'ngi qadar hayotni qandayligini ko'radi. Shu vaqt davomida biz insonlar o'zimizni o'qa- cho'qa uramiz, qayergadir shoshib yashaymiz, nimagadir ulgurish kerakligini bilamiz lekin uni nimaligini hammamiz ham bilmaymiz.

Bilasizmi bu nima?
Bu o'zimizni anglash!

O'zini anglagan inson nima uchun tug'ilganini biladi, nima hohlayotganini biladi, nima orzu qanday maqsadi borligini biladi. Va o'z yo'lini tanlay oladi.
Boshqalar esa juda ko'p orzu qilishadi, rejalar tuzishadi va ularni hammasini bajarishga urinishadi. Ular orasida muvaffaqiyatli natijaga erishganlar ham bor. Lekin o'z ishida, o'z hayotida, oilasida orzu maqsadlariyu hatto eng zo'r natijalarida o'zligini topmagan inson qalb huzurini topmaydi.

Toxtang biroz jim turing qalbingiz urishini eshitganingiz kabi ichingizdagi "meningiz" ham sizga tinmay bir narsalar deyabti. Unga quloq soling tushunishga harakat qiling. Uni tinglay bilsangiz o'zligingizni topasiz.

@PSIXOLOGIYA