Get Mystery Box with random crypto!

​- Ichingga yig'i to'lib ketadi ... Yig'lolmaysan ... Yig'lama | • Проста так моя 🕊️

​- Ichingga yig'i to'lib ketadi ... Yig'lolmaysan ... Yig'lamaysan ... Sen kuchlisan ... Bunisiga ham chidaysan ...

- Do'sting seni sotganda , unga ishonib aytgan gaplaringni boshqalarga *bo'lishganda* , ortingdan *illiq* gaplar qilganda , seni ko'r - ko'rona yomonga chiqarganda ko'zingga alam bilan kelgan ko'zyoshlarni chiqarmaysan ... Chidaysan ...

- Jondan suygan insoning , yuragingni ishonib topshirganing bilan arzimas sabablarni deb shunday begonaga aylanib ketasan ... Avvalgidek bo'lishga harakat qilasan lekin u istamaydi ... Ichingga yig'i to'lib ketadi ... Yig'lamaysan ... Chidaysan ...

- Atrofda har gapida chaqadigan *chayonlar , so'zlaridan zahar tomib turadigan *ilonlar qurshovida qolasan ... Bir dardkash istaysan ... Barini aytib berging keladi ... Ammo hech kimga ishonmaysan ... Na do'slikka , na sevgiga ... Ko'zingga yig'i quyulib keladi ... Lekin chiqarmaysan ... Chidaysan ... Sen kuchlisan ... )

- Va bir kun oshxonada bexosdan likopchani tushirib yuborasan ... Ko'z yoshingni tiya olmaysan ... Hammasi shu birgina turtki sababli quyilib chiqadi ...

- O'rningdan turasan va mukammal tahorat olasan. Sendan hech qachon voz kechmaydigan , manfaati uchun yaqin bo'lmaydigan , seni abadiy sen uni sevgandanda ko'p sevadigan Zot bilan uchrashuvga hozirlanasan♡


Yours loving , 𝓝𝓸𝔃𝓲𝓶𝓪
@prostatakmoya