Get Mystery Box with random crypto!

Botanika vaqti Gulli o'simliklarning yer yuzidagi soni: | PRO_MEDIC oʻquv markazi

Botanika vaqti

Gulli o'simliklarning yer yuzidagi soni:
533 oila,13000turkum,250mingdan ortiq turni o'z ichiga oladi.

Gulli o'simliklarning asosiy organlari: ildiz,poya,barg,gul meva urug' kabilar.

Gulli o'simliklarning xilma xilligi------ekologik sharoitga----- bog'liq.

O'simliklarning tashqi muhit sharoitga xar xil shaklda moslashishi----hayotiy shakl---- deb ataladi.

To'qima tushunchasini fanga 1682-yilda Malpigi va N.Gryu tomonidan "O'simliklar anatomiyasi"kitobida fanga kiritilgan.

Ildiz turlari: asosiy,yon,qo'shimcha ildizlarga bo'linadi.

Ildiz tizimi:
O'q Ildiz va popuk ildizga bo'linadi.

Makkajo'xorining ildizi poyadan atrofga 2 m gacha cho'ziladi.

Bosh piyozniki 60-70 sm gacha yoyiladi.

Makkajo'xorining 1mm2 so'rish qismida 700 tagacha ildiz tukchalari bo'ladi.

Ildiz bo'linish qismidagi hujayralarning bo'linib ko'payishi hisobiga bo'yiga o'sadi.

Tayanch ildizlar ---- makkajo'xori,oqjo'xori o'simliklarida mavjud.

Havo ildizlari ---- tropik o'lka o'simliklarida mavjud.

Vatanimizning eng uzun poyali o'simliklariga Mirzaterakni kiritamiz uning bo'yi 20-25 m gacha bo'ladi.

Kaliforniya Sekvoyadendronlariniki 110-140 m gacha bo'ladi.

Avstraliya Evkaliptlariniki 150-155 m gacha bo'ladi.

Eng uzun poyali o'simlik Rotang palmasi yong'oqlari bo'yi 400 m dan oshiq.
Vatani Janubiy Osiyoning tropik o'rmonlarida boshqa daraxtlarga chirmashib o'sadi.

KANALIMIZ


PROmedic oʻquv markazi
https://t.me/ProMedicBiologiyaKimyo