Get Mystery Box with random crypto!

Aldanib qolmang! So'nggi kunlarda ko'pchilikdan murojaat keli | Programmer.uz || Dasturlash haqida

Aldanib qolmang!

So'nggi kunlarda ko'pchilikdan murojaat kelib tushmoqda. Unga ko'ra, bizning videokurslardan shaxsiy manfaati yo'lida foydalangan va uni "O'zimizniki" deya foydalanuvchilariga pullagan tashkilotlar uchrayapti ekan. Ayanchlisi, bepul joylangan darslarning aksariyati millionlarga sotilishi fakt qilib keltirildi.

Bu kabi murojaatlarga bitta qilib javob beraman:

1. Bizning darslardan foydalanish huquqi hech qaysi tashkilotga berilmagan. Agar siz boshqa joylarda bizning darslarni uchratadigan bo'lsangiz, bu haqida asos keltirib, xabar berishingizni so'raymiz.

2. Bizdan boshqa hech kimga bizning kurslarni sotishga huquq berilmagan. Agar boshqalar bizni kurslarimizni sotayotganini ko'rsangiz, bilingki, ular firibgarlar!

3. Ishga topshirayotganda shartnoma tuzib oling va uni har bir punktini diqqat bilan o'qib chiqing. Majburiy mehnatdan saqlaning!

4. Bizning eng ko'p darslarimiz YouTubeda bepul joylangan. Siz uni xolisona tavsiya etishingiz mumkin, lekin bu ularni yuklab olib, shaxsiy platforma, bot, ilova va shunga o'xshash tizimlarda foydalanishni anglatmaydi.

5. Biz shunchaki kanal yoki blog emasmiz. Programmer UZ MCHJ - Axborot texnologiyalari sohasida dasturlar, ilovalar, web-sayt, bot, videokurslar va boshqa IT-xizmatlar ko'rsatuvchi korxona. Hozirda IT PARK, PayME va Pro-Data Tech korxonalari bilan hamkorlik qilamiz.

@programmer_uz