Get Mystery Box with random crypto!

Bitta misol keltiraman. Bir necha kun oldin Ukarina davlatidan | Programmer.uz || Dasturlash haqida

Bitta misol keltiraman. Bir necha kun oldin Ukarina davlatidan bir loyihaga taklif tushdi, qabul qildim. Muzokara qildik, tanishdik va meni imtihondan o'tkazishdi. Meni flutter bo'yicha taklif qilishgandi, lekin to'satdan "Javani bilasizmi, bir kichkina loyiha bor, sizga test tariqasida beramiz" deyishdi.

Odatda, ishga kirishda bunaqangi test loyihalar ko'p holatda albatta beriladi. Ha bilaman, dedim va loyihani oldim. Uni yakunlash bir necha soat vaqt oldi, xolos. Loyihani topshirdim. Ular mendan hisob raqam so'rashdi, berdim.

Qarasam, hisob raqamimga pul o'tkazishibdi. U katta summa emas, kichkina loyihaga yarasha. Lekin bu kompaniya oddiy test loyiha uchun ham pul to'lagan menga uchragan birinchi kompaniya bo'ldi.

Ular men bilan yana suhbatlashishdi va birga ishlashni davom ettirishimni, faqat endi haqiqatda ham flutter testidan o'tishimni so'rashdi. Ko'ndim, u ham paid test bo'lsa kerak )

Bularni sizga nega aytayapman?

Har kuningizni ilm olishga sarflang va har kuni nimadir o'rganing. Sifatli ish qilishingiz, mijozni sizda qolishiga, yana birga ishlashga, yangi hamkorlikka, loyihalaringiz ko'p bo'lishiga sabab bo'ladi.

Daromad vaqti o'zi keladi, shoshilmang. Rizqingiz ham qanchalik mehnat qilishingizga yarasha bo'ladi. Sababini qilib qo'ying.

Bu post sizga nimalar bera oldi? Izohda fikringizni kutaman.

Postni esa o'zingizga saqlab qo'ying.

@programmer_uz