Get Mystery Box with random crypto!

Men eng uzoq kutgan kun keldi... Dasturlashni eng birinchi bo | Programmer.uz || Dasturlash haqida

Men eng uzoq kutgan kun keldi...

Dasturlashni eng birinchi boshlagan kezlarim, windows uchun dastur yasar edim. Bu menga juda yoqar edi.
Keyin talab va taklif yuqoriligidan webga o'tib ketganman. O'z loyihalarimni qilish uchun mobil dasturlashni o'rgandim.
O'zim va mijozlar uchun turli ilovalar ishlab chiqdim.

Hali ham esimdaki, flutterda qilgan eng birinchi loyiham windows uchun edi. U vaqtda windows uchun flutter hali alpha versiyada edi. Ya'ni u juda yangi va imkoniyatlari cheklangan.

Lekin men uzoq kutgan kun keldi. Flutter endi windowsda

Ha, ha!!! Bir marotaba kod yozib, ham Android, ham iOS, ham web va endi ham Windows dasturlar yasash mumkin.

Xullas, flutter 2.10.

P.S: Ha aytgandek, flutter bo'yicha kursimiz borligini bilasiz-a

@programmer_uz