Get Mystery Box with random crypto!

27-may kuni “Yosh kimyogarlar tanlovi-2022” – Respublika kimyo | Profi Hub | official

27-may kuni “Yosh kimyogarlar tanlovi-2022” – Respublika kimyo olimpiadasi start oladi!!!

26-29-may kunlari “Kimyo-barqaror rivojlanish uchun” xalqaro ilmiy haftaligi boʻlib oʻtadi. Haftalik doirasida “Yosh kimyogarlar tanlovi” respublika kimyo olimpiadasi boʻlib oʻtadi.

“Yosh kimyogarlar tanlovi” Respublika kimyo olimpiadasi “Uzkimyosanoat” AJ, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Olimpiadada respublikamizdagi umumta’lim maktablarida ta’lim oluvchi jami 100 nafar 9,10,11 sinf o’quvchilari ishtirok etishmoqda.

“Yosh kimyogarlar tanlovi” gʻoliblari quyidagicha
oʻrin zamonaviy Noutbuk
oʻrin Planshet
oʻrin Smartfon bilan rag’batlantiriladi.

《@ProfiHub》