Get Mystery Box with random crypto!

#psixika #tana_tili #manipulyatsiya “Sallivan bosh chayqashi” | Farg'ona Profayling Maktabi🇺🇿 | Rasmiy kanal

#psixika #tana_tili #manipulyatsiya

“Sallivan bosh chayqashi”

Biznes uchun sotuv juda muhim bosqich hisoblanadi, siz barcha reklamaning effektini aynan mana shu usul orqali ijobiy yakuniga yetkazishingiz mumkin.

Bu usul “Sallivan bosh chayqashi” deyiladi, bunda siz mijozga biror narsa taklif qilayotgan paytingizda boshingizni tepaga va pastga chayqab ijobiy signal berasiz, masalan, siz shirinliklar do'konda sotuvchisiz, siz mijozga qiymati boshqalariga nisbatan balandroq bo'lgan tortlar va pirojni maxsulotlarini sotmoqchisiz, shunda mijozga shirinliklarning xususiyatlarini tushuntirayotib boshingizni chayqab rozilik alomatini namoyon qilasiz.

Bu bilan siz mijozga ko'rinmas psixologik ta'sir o'tkazasiz va juda tezlik bilan shu harakatni mijozga o'tkazasiz, chunki insonlar bir-biri uchun oyna vazifasini bajaradi va ko'p hollarda biz suhbatdoshimiz qilayotgan ishni qaytaramiz.

Tadqiqotlarga ko'ra aynan shu usulni o'zlashtirgan ofisiantlar bu usuldan foydalanmangan ofisiantlarga qaraganda bir xil vaqt oralig'ida 60 foiz ko'proq savdo qilishgan.

Mijoz bilan gaplashayotgan paytda “Sallivan bosh chayqashi” usulidan albatta foydalaning, avval buni oyna oldida turib yaxshilab mashq qilib oling, natija o'zini uzoq kuttirmaydi.

Bektosh Hatamov

https://t.me/profayling_uz