Get Mystery Box with random crypto!

Teran ish vaqti Diqqat & Digital detox 2-qism Tasavvur qilayl | @ProductiveEdu

Teran ish vaqti
Diqqat & Digital detox 2-qism

Tasavvur qilaylik, siz teran ish qilishga ahd qildingiz. Uning uchun diqqat hosil qilishga yordam beradigan bir necha maslahatlar:


1. Kunlik rejangizni tartibga soling. bo’lmasa u ishlayotgan paytingiz “o’zi shu ishni hozir qilishim kerakmidi?” degan hayol kelaverib, diqqatingizni qochirib yuboradi. Kunni rejasiz boshlamang!

2. MIT uchun kamida 2 soat vaqt ajrating va u vaqtni “kesib oling”. Bu degani, undan oldin sizga xalaqit berishi mumkin bo’lgan barcha mayda chuydalarni hal qilish, sizni bezovta qilmasliklarini aytib qo’yish, u uchun mos vaqt va tinch joy tanlash kerak.

Iloji boricha xonada faqat o;zingiz boʻling yoki faqat o’sha darsni siz bilan birga qiluvchi sherigingiz bo’lishi mumkin


3. Ish boshlangan vaqtda, telefonni polyotga qo’ying va 25 minutlik timer (pomodoro) qo’ying, Ishonavering, manashu ikkita narsani o’zi sizga juda katta ishtiyoq va diqqat ato etadi, har holda Alloh inson tabiatini shunday yaratgan.

4. Bitta pomidor tugagach, 5 minut dam olasiz. Bu dam olishda netni yoqmaysiz, telefonda kim bilandir gaplashmaysiz, xullas, o’sha ishga bo’lgan diqqatni buzuvchi hech narsa qilmaysiz. Ko’zingizni yumib yotishinigz yoki derazadan tashqarining havosini olishiniz mumkin, Ko’chaga chiqmaslik tavsiya etiladi

5. Yana pomodor boshlanadi va bu jami 4 marta davom etadi


6. 4ta pomidordan keyin yarim soat dam olish tavsiya etiladi. So’ng, yana ishga qaytishingiz mumkin

7. Pomodoro vaqtida hayolingizga biror ish yoki idea kelib qolsa, uni miyangizda saqlamang, Diqqatni buzadi. Biror qog’ozga yozib qo’ying.

Agar o’ta kichik bo’lsa, kichik tanaffus vaqtida qilishingiz, kattaroq ish bo’lsa, umumiy 4 ta pomidorlik sessiyadan keyin qilishinigz mumkin


8. Men katta tanaffus vaqtida miyaga dam beruvchi islomiy badiiy audiokiotb yoki Qur’on tilovati eshitishni ma’qul ko’raman
@Azizbek_Zubaydullayev