Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat & Digital detox Shaxsiy samaradorlik olamining eng muh | @ProductiveEdu

Diqqat & Digital detox

Shaxsiy samaradorlik olamining eng muhim qoidalaridan biri bu - qiyin va muhim ish kunning energiyangiz ko’p bo’lgan qismiga rejalashtirilishi kerak,

Va teskarisi - energiya va diqqatingiz kuchli bo’lgan qimmatli vaqt sayoz ishlar bilan vayron qilinmasligi kerak.

Ya’ni time management bu - energiya menejmenti degan mashhur gap bekorga aytilmagan


Demak, birinchi navbatda MIT - (most important task) kun uchun eng muhim vazifani tanlab olamiz.(Koʻpi bilan ikki xil boʻlsin). U shunday vazifa bo’lsinki, kunda undan boshqa hech narsa qilishga ulgurmasangiz ham, o’sha kunini siz mazmunli o’tdi deb hisoblaydigan bo’lsin

Unday ish, albatta, oson bo’lmaydi, va u chuqur diqqat,energiya va berilib ishlash talab qlladi. Diqqat qancha kuchli bo’lsa, ish shuncha tez va sifatli va rohatbaxsh holda bitadi.. Bunday ishga yaxshi sharoit yaratish juda muhim, Kichik e;tiborsizlik uning sifatini va ishtiyoqini tushurib yuborishi mumkin.


Bu - diqqatni buzishga olib keluvchi istalgan narsa, siz bilan gaplashib tinchlik bermayotgan do’stingiz, interneti yoniq telefon, shovqin solib hayolni buzayotgan xonadosh, rejasi tuzilmagan kun va boshqa arzimas ko’rinadigan boshqa narsa bo’lishi mumkin

Qayta aytaman, teran ish qilish uchun - o’zingiz uchun ideal sharoit yaratib oling. Sizga diqqatni kuchaytirishga yordam beradigan barcha narsani qiling

(Davomi bor)
@Azizbek_Zubaydullayev